Turkmaniston — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari

Turkmaniston — Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari — yaqin va iliq munosabatlarga ega boʻlgan Turkmaniston va BAA oʻrtasidagi diplomatik aloqalar[1]. Davlatlararo hamkorlikning huquqiy asosi 28 hujjatdan iboratdir. Ikkala mamlakat ham BMT va IKTning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Hozirda Orazmyrat Gurbannazarov Turkmanistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi hisoblanadi[2]. Birlashgan Arab Amirliklarining Turkmanistondagi elchisi Hasan Abdulloh Al-Adab Al Zarunidir[3].


Turkmaniston

BAA

Tarixi

tahrir

Turkmaniston SSSRdan mustaqillikka erishgandan soʻng koʻp davlatlar bilan diplomatik aloqalarni oʻrnata boshladi, shu jumladan Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham. Turkmaniston Birlashgan Arab Amirliklari bilan 1995-yil 10-oktabrda diplomatik aloqalarni oʻrnatdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Turkmanistonning elchixonasi 2001-yil 16-yanvarda Abu-Dabi shahrida ochilgan.

Birlashgan Arab Amirliklarining Turkmanistondagi elchixonasi 2002-yil 20-avgustda Ashxobod shahrida ochilgan.

Soʻnggi 10 yil ichida yuqori darajadagi davlat tashriflarining almashinuvi oʻzaro manfaatli munosabatlar, doʻstlik va oʻzaro tushunish uchun zamin yaratdi. Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Birlashgan Arab Amirliklariga uch marta tashrif buyurgan: 2007-yil avgustda[4], 2010-yil fevralda[5] va 2013-yil dekabrda[1].

BAA prezidenti Xalifa Ibn Zayd An-Nahayon turkman xalqiga xayr-ehson qilib, Maryam aeroporti va Ashxobod yetimlar saroyi qurilishini moliyalashtirdi[6].

2013-yil 16-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning Ashxobodga tashrifi amalga oshirildi[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Aktiviruya sotrudnichestvo na osnove traditsiy i innovatsiy, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-06-18
  2. Дипломатические представительства и консульские учреждения Туркменистана за рубежом
  3. Посольства в Туркменистане
  4. В Абу-Даби состоялись переговоры президентов Туркменистана и ОАЭ
  5. Туркменистан и ОАЭ договорились о торговом, экономическом и техническом сотрудничестве
  6. На средства президента ОАЭ в аэропорту города Мары будет построен новый пассажирский терминал
  7. Визит Президента ОАЭ, 2020-06-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-06-18

Havolalar

tahrir