Turkiston-Sibir temir yoʻli
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Turkistonsibir temir yoʻli, Turksib — „Qozogʻiston temir yoʻllari“ kompaniyasiga qarashli temir yoʻl Qozogʻistonning sharqiy kismi boʻylab Semey (shim.da)dan Olmaota orqali Lugovaya (jan.da) styasigacha davom etadi. Uzunligi 1452 km. 1927—31 yillarda katta iqtisodiy va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan eng yirik umumxalq qurilishlaridan biri tarzida barpo etilgan (qidiruvloyiha ishlari 1906—07 yillarda olib borilgan). Turksib Lugovaya—Aris temir yoʻl tarmogʻi orqali Oʻzbekiston temir yoʻllari bilan, SemipalatinskNovosibirsk temir yoʻl tarmogʻi orqali Gʻarbiy Sibir temir yoʻl bilan bogʻlanadi. Turksib orqali Novosibirskdan Arisga qadar yoʻlning uz. 2531 km, bu Chelyabinsk va Orenburg orqali oʻtgan eski yoʻldan 1000 km qisqa. Turksib gʻalla, yogʻoch va koʻmirga boy Sibirni Janubiy Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoning paxtakor mintakalari bilan bogʻladi, bu mintaqada paxtachilikni rivojlantirishga, shuningdek, Markaziy Osiyo respublikalarini yogʻoch, kumir, don bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etgan edi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |