Turnir nayzasi — otliq jangovar nayzaning bir turi, ritsarlar turniri paytida otliq nayza toʻqnashuvi uchun maxsus yaratilgan.

Turnir

Ilk oʻrta asrlarga oid turnirlarning anʼanaviy shartlariga koʻra, raqibning „nayzasini sindirish“ mardlik belgisi hisoblangan. Biroq, bargli daraxt yogʻochidan

(eman, qoraqayin, chinor, shumtol) yasalgan haqiqiy jangovar nayzani sindirish juda qiyin boʻlgan. Buning uchun zarur boʻlgan kuchli harakatlar raqibga jiddiy shikast yetkazishi hattoki oʻldirishi mumkin edi. Ritsarlarning janglarda halok boʻlishi ehtimoli yuqori edi. Shuning uchun  ular bunday turnirlarda ham oʻz hayotlarini behudaga xavf ostiga qoʻyishni istamaganlar. Bu esa keyinchalik turnirlarni ishtirokchilar uchun imkon qadar xavfsiz tarzda oʻtkazishilishiga  sabab boʻldi. Masalan, 15-asrning boshlarida ot sporti musobaqalari uchun maxsus zirhlar ishlab chiqilgan. Shtehtsoyg va rennsoyg — hech qachon haqiqiy jangovar harakatlarda ishlatilmagan.

Bundan tashqari, turnirlarda foydalanish uchun maxsus nayzalar tayyorlangan. Koʻpincha ularni ichi boʻsh boʻlib,  oʻrtacha zarba bilan raqibning qalqonini teshib oʻtmay sinishiga moʻljallangan.  Xuddi shu maqsadda, turnir nayzasining uchi tojga oʻralgan, yaʼni mayda Baʼzi nayza uchlari musht shaklida ishlangan. Nyzaning dastasi nayza  nisbatan moʻrt yogʻochdan yasalgan edi — masalan, Rua oqqaragʻay. U qalqon yoki zirhga urilganda osonroq sinadi. Shuningdek, nayzani uchiga poʻlatdanushlab turgan qoʻlni himoya qiluvchi poʻlat yasalgan vempleyt kiydirilgan. U ritsarning nayza ushlagan qoʻlini himoya qilgan.

Lekin shuncha ehtiyot choralari qoʻllanilganiga qaramay obunday toʻqnashuvlar xafliyligicha qolaverdi. Shunday turnirlarning birida,1559-yilda fransuz qiroli Genrix IIga omad kulib boqmagan. Montgomeri konstebl nayzasining zarbasi tasodifan qirol dubulgʻasini uloqtiradi va nayza boʻlagi qirolning  koʻziga kirib ketib, uning halokatiga sabab boʻlgan.

Turnir nayzasi koʻpincha turnir ishtirokchisining gerbi yoki ot koʻrpachasi ranglariga boʻyalgan. Yuqoridagi sabablarga koʻra, ularning sinish ehtimoli yuqori boʻlganli  sababli, ritsarlar turnirga bir nechta, baʼzan oʻnlab va undan koʻp nayzalari bilan ishtirok qilishgan.

Havolalar tahrir