Turon mahallasi (Yunusobod tumani)

Turon mahallasi(Ubay Orifov koʻchasi 6) — Yunusobod tumanidagi mahalla. Mirzo Ulugʻbek, „Minor“, „Matonat“ mahallalari va Mirzo Ulugʻbek tumani bilan chegaradosh. 1993 yil 27 noyabrda ushbu hududda „Ts-2“ nomi bilan mahalla tashkil etilgan. 1994 yil „Turon“ nomi berilgan. Aholisi 3950 kishi, koʻp millatli. Mahalla hududida koʻplab korxonalar joylashgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.