Turonbank - Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat banki. 1990-yil 6-oktabrda aksiyadorlik tijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etilgan. 1993-yildan ochiq aksiyadorlik jamiyati. Boshqaruvi Toshkent shahrida, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari, kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga, shuningdek, xalq xoʻjaligining turli tarmoq korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermer xoʻjaliklari va aholiga bank xizmatlari koʻrsatadi. "T." keng tarmoqli universal banklardan biri hisoblanadi. Toshkent sh. va viloyatlarda bankning 16 ta filiali, 37 ta mini banklari mavjud. "T." faoliyati davomida Jizzax viloyatida Arnasoy, Namangan viloyatida Kenkulsoy, Rezaksoy suv omborilari qurilishini, Chodak dahasidagi yerlarni oʻzlashtirish, Buxoro viloyati Dengizkoʻl, Xorazm viloyatida koʻl kollektorlari rekonstruksiyamni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tuman idagi Boʻston kanali qurilishini moliyalashtirdi. T.ning jami aktivlari 23,6 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 3,4 mlrd. soʻm, zaxira kapitali 974 mln. soʻmni, balans foydasi 0,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi; joriy likvidlik koeffitsiyenti 0,599, kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti 0,155 (2004-yil, 1 yanvar)[1]

Turonbank
Asosiy maʼlumotlar
Turi Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Asos solingan 1990-yil 6-oktabr
Turonbank Vikiomborda

Rasmiy ilova

tahrir

Bankning rasmiy ilovasi - MyTuron, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://depozit.uz/partners/banks/turon-bank