Tursun Ahmedov
Tursun Ahmedov (1917.7.11, Toshkent — 1983.16.9) — naqqosh, kulol, ganj oʻymakori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kursida tahsil koʻrgan (1935–38). Navoiy teatrini taʼmirlashda qatnashgan. 1969–78-yillar Toshkentda qurilgan koʻpgina yangi inshootlar (jumladan, hozirgi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosi)ni bezashda faol ishtirok etgan. Toshkent uslubida naqshlagan mebellari, islimiy naqshlar bilan bezagan laganlari va boshqa asarlari bilan xalqaro va respublika koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi („Namoyon“, 1958, yogʻoch, tempera) va Amaliy sanʼat muzeyida (mas, 8 qirrali kursi) saqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |