Tursunboy Bakir oʻgʻli
Tursunboy Bakir oʻgʻli (qirgʻizcha: Турсунбай Бакир уулу) (1958. 03. 17. Oʻsh viloyati, Qorasuv) — qirgʻiz siyosatchisi va davlat arbobi. Jogorku Kengesh deputati (1995-2000, 2000-2002, 2010-2015). 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida (0,96 foiz ovoz) va 2005 yilgi prezidentlik saylovlarida (3,93 foiz ovoz) “Erkin Qirg‘iziston” partiyasi nomidan nomzod boʻlgan[1].
Umrbayoni
tahrir1973-yil - Qorasuv taxta omborida duradgor;
1974-yil - Qorasuv RaiPOda suvoqchi-rassom;
1975-yil - O'sh SMU-3 korxonasida 1-toifali ishchi, betonchi;
1976-1977 yillarda - Frunze ZBI zavodining 2-uy qurilish zavodida qolipchi;
1977-1979 yillar - Sovet armiyasi saflarida xizmat qilgan.
1981-yil — Rossiyaning Rostov shahrida mudofaa sanoati eksperimental ishlab chiqarishining birinchi guruh ustasi[2].
1984-1987 yillarda Oʻsh davlat universitetida o‘qituvchi;
1991-1995 yillarda Oʻsh davlat universitetida o‘qituvchi;
1995-2000 yillarda - Jogorku Kengeshning 1-chaqiriq deputati, xalqaro va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi;
1998-2000-yillarda MDH Parlamentlararo Assambleyasining tashqi siyosat bo‘yicha doimiy komissiyasi raisining o‘rinbosari;
1998-2000 yillarda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiya raisi;
2000-2002 ― Jogorku Kengeshning 2-chaqiriq deputati, geosiyosat komissiyasi raisi;
2002-2008 - Qirg'iziston Respublikasining birinchi ombudsmanı;
2009-2010 - Qirg‘izistonning Malayziyadagi elchisi;
2010-2015 ― Jogorku Kengeshning 5-chaqiriq deputati;
2018 yil - "MZF Group in Qirg'iziston" MChJ bosh direktori;
2019 yil - Ishenali Arabayev nomidagi Qirgʻiziston davlat universiteti professori vazifasini bajaruvchi.
Mukofotlari
tahrirO‘sh pedagogika institutining Faxriy yorlig‘i (1987);
"Qirg'iziston Respublikasi Konstitutsiyasini muhokama qilish va qabul qilishdagi faol ishtiroki uchun" Faxriy yorlig'i;
“Manas-1000” yubiley medali (1995);
“O‘sh-3000” faxriy medali (2000);
Shaxsiy hayoti
tahrir- Otasi — Bakir Ergashev
- Onasi — Xayrinsa Aydasheva
U 55 yoshida 18-yoshli aktrisa Nuriza Burxanova bilan turmush qurgan[3], keyin esa kelishmovchiliklar tufayli ajrashgan edi. Aktrisadan bir o'g'li va bir qizi bor[4].
Tursunboy Bakir oʻgʻli bilan Qanim ismli ayoli orasidagi farq 37 yosh. 60 yoshli Bakir oʻgʻli Xalqaro Hijob kunida 23 yoshli Qanim bilan uchrashib, tanishgan hijob bilan Qur’on sovgʻa qiladi. Koʻp qarshiliklardan soʻng turmush qurishadi[5].
Tursunboy Bakir oʻgʻlining 12 nafar farzandi bor[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Турсунбай Бакир уулу[sayt ishlamaydi]
- ↑ Турсунбай Бакир уулу — өмүр баяны
- ↑ Турсунбай Бакир уулу женился на 18-летней?
- ↑ Турсунбай Бакир уулу 37 жаш кичүү жубайы экөө расмий түрдө нике күбөлүгүн алышты
- ↑ Турсунбай Бакир уулу эки жыл мурда үйлөнгөн жаш аялынын сүрөтүн жарыялады
- ↑ У Турсунбая Бакир уулу родился 12-ый ребенок