Tursunoy Sodiqova
Tursunoy Sodiqova (24-mart 1944-yil, Andijon shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 14-yanvar 2017-yil, Oʻzbekiston ― shoira, adiba, pedagog-olima, adabiyotshunos, jamoatchi-tashkilotchi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Tursunoy Sodiqova | |
---|---|
Tavalludi |
24-mart 1944-yil |
Vafoti |
14-yanvar 2017-yil Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Yoʻnalish | adabiyotshunoslik |
Janr | sheriyat |
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrirSodiqova Tursunoy 1944-yil 24-mart kuni Andijon shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. U ikki yoshligida oilasi bilan Toshkent shahrida yashay boshlagan. 1961-yilda hozirgi Shayxontohur tumanidagi 82-oʻrta maktabning 10-sinfini tugatdi. 1966-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini imtiyozli tamomladi.
Faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillari instituti, Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi, Oʻzbekiston „Maʼrifatparvar ayollar“ nodavlat uyushmasida davom ettirdi.
Asarlari
tahrirTursunoy Sodiqova oʻz ijodini 60-yillarda boshlagan. Ilk toʻplami „Kuy“ 1976-yilda nashr etilgan. Shundan keyin „Gul fasli“(1981), „Iqbol“(1984), „Dil gavhari“(1985), „Izlay-izlay topganim“(1988), „Girya“(1994) kabi sheʼriy toʻplamlarini oʻquvchilarga taqdim etdi. Uning axloq-odob masalalari, oila muomalalariga bagʻishlangan ilmiy, badiiy-falsafiy asarlari: „Mehr qolur“ (1997), „Hazrati ayol“ (1998), „Yoningdagi baxt“ (1999), „Bolam derman“ (2000), „Oʻgʻlim senga aytaman va qizlarga atalgan soʻzlar“ (2002), „Kelin boʻlish ilmi“ (2003), „Kuyov boʻlish ilmi“ (2003), „Qaynonalik ilmi“ (2003), „Ogʻa-inilik ilmi“ (2003), „Rizolik izlab“ (2004), „Yashash tilsimi“ (2004), „Murabbiy kim?“ (2006), „Nozik savol“ (2007), „Jannatim onam“ (2007) kitoblari nashr etildi[1][2].
Vafoti
tahrirTursunoy Sodiqova 2017-yil 14-yanvar kuni 72 yoshida vafot etgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Tursunoy Sodiqova. Gul fasli. 1 jild. „Oʻzbekiston“-2013.
- ↑ Tursunoy Sodiqova. Ayolga qasida. „Oʻzbekiston“-2015.
- ↑ https://daryo.uz/2017/01/14/shoira-va-adiba-tursunoy-sodiqova-72-yoshida-vafot-etdi/
Havolalar
tahrirhttps://arboblar.uz/uz/people/sadykova-tursunoj https://www.facebook.com/muhammad.ismoil/posts/1311036578955379 https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/tursunoy-sodiqova-1944-2017/[sayt ishlamaydi]