Tush, tush koʻrish — uyquda sodir boʻladigan subyektiv psixik hodisa. Fiziologik jihatdan tush bosh miya katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi.tushda uyqudagi kishi aniq va tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. Tushdagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq, hayajonli, afsonaviy tus oladi. Tush asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida yoki undan soʻnggi bir necha minut davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa saqlay olmaydi. Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham tush koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish davrida tush, odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq boʻladi). Tushning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi kechinmalariga bogʻliq[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Tush (psixologiya)“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil