Tutash dunyolar

oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Tutash dunyolar“, toʻliq nomi „Tutash dunyolar: Yangi sheʼrlar“oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2015-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga muallif 2014-2015-yillarda yozgan sheʼrlar kiritilgan.

Tutash dunyolar
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Sharq“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2015
Sahifalar soni 120
ISBN ISBN 978-9943-26-327-7

Toʻplamni nashrga Alisher Nazar tayyorlagan. Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Nosirjon Joʻrayev – muharrir, Tolib Qanoatov – badiiy muharrir, Raʼno Boboxonova – texnik muharrir, Hilola Sharipova – sahifalovchi, Rasul Nafasov – musahhih. Kitob adadi – 3 000 nusxa.