Tuyaboʻyinlar (lotincha: Raphidioptera) — toʻr qanotli hasharotlar turkumi. 271 turi maʼlum. Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Tanasi 15–20 mm. Qanoti tiniq. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi choʻzilib, tuya boʻyniga oʻxshab qayrilgan (nomi shundan). Tuxumini nam oʻrmonlarda poʻstloq, quruq oʻrmonlarda esa barg toʻshamalari ostiga qoʻyadi. Lichinkalari daraxtlar poʻstlogʻi yoriklarida va poʻstloq ostida yashaydi. Hasharotlar qurtlari, tengsiz ipak qurtlari, poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar, shiralar tuxumlarini yeb, oʻrmonchilikka foyda keltiradi. T. gʻumbagi harakatchan.

lotincha: Dichrostigma flavipes