Tuyaqushlar (Struthioniformes) — koʻkrak tojsiz qushlar turkumi. Bir oila, bir urugʻ va bir turi — Afrika tuyaqushi bor. Hindiston, Xitoy, Mongoliya, Eron, Ukraina va Gretsiyadan qazilma qoldiqlari maʼlum. Hozirgi Afrikada 3 kenja turi tarqalgan. Boʻyi 300sm, ogʻirligi 50-100kg. Ucholmaydi; oyoqlari baquvvat; koʻrish, eshitish organi yaxshi taraqqiy etgan; soatiga 70;km gacha yuguradi. Uyasini yerga yasaydi; 7— 9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumi yirik, uzunligi 150 mm, ogʻirligi 1,5, baʼzan 2 kggacha. Tuxumini kechasi nari, kunduzi modasi 40 kun bosadi. 3 yoshda voyaga yetadi. Asosan, oʻsimliklar, hasharotlar, mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti va tuxumi mazali; patlari chiroyli. Bir qancha mamlakatlarda tutqunlikda koʻpaytirilmoqda.

Struthio camelus australis

Manbalar

tahrir