Tuyduk
Tuyduk (turkmancha: tüýdük) — uzunchoq ochiq nay shaklidagi anʼanaviy turkman puflama cholgʻusi boʻlib, bir necha turi bor[1]. Tarixiy jihatdan xalq dostonlari ijrosi bilan bog‘liq.
Tarixi
tahrirTurkman xalq cholg‘u asboblarining kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar xalq og‘zaki ijodida keng o‘rin olgan. Koʻpincha, anʼana ildizi yunonlarga taqaladi: masalan, turkmanlarning yana bir xalq cholgʻusi — dutorning paydo boʻlishi Platonga, tuydukning kelib chiqishi Zulqarnaynga (Iskandar Zulqarnayn) bogʻliq[2]. Oʻrta Osiyo mintaqasining qadimiy arxeologiyasida tuydukning namunalari keng tarqalgan. Bu cholgʻuni chalish, asosan, hududning turk-oʻgʻuz va arab-fors musiqa anʼanalariga uyqash boy musiqa anʼanalari bilan bogʻliq.
Tuyduk turlari
tahrir- Gargi-Tuyduk — nayning (uzunligi 75-80 mm, diametri 18-20 mm) yuqori uchiga mushtuk — metall silindr (uzunligi 50 mm) taqiladi; nay tanasida 6 ta chalish teshigi mavjud — 5 ta old tomonda, 1 ta orqa tomonda. Ovozning „xira“ (kuchsiz) tembri ovoz chiqarishning xususiyatlari bilan izohlanadi[2].
- Dilli-Tuyduk — tilchali cholgʻu[3]. Nay tanasining (uzunligi 160 mm, diametri 6-8 mm) ikkala uchi ochiq (yuqori qismi yopiq turi ham uchraydi). Unda 5 ta chalish teshigi mavjud: 4 ta old tomonda, 1 ta orqada. U shaklidagi tilcha nay tanasining yuqori chetidan 5-10 mm masofada kesiladi. Ovozi oʻtkir, biroz pirqirab chiqadi.
- Gosha-dilli-Tuyduk — dilly-Tuydukning qoʻshaloq turi. Hajmi, tuzilishi va akustik xususiyatlariga koʻra bir xil boʻlib, kesik tilchali 2 ta qamish naychadan iborat; ularning sozlanishidagi ozgina farq tufayli oʻziga xos tovush tebranishi yuzaga keladi. Ovozi boshqa tuyduk turlariga qaraganda mayinroq.
Yana qarang
tahrir- Svirel
- Sibizgʻa
- Nay (uzunchoq fleyta)