U2 — 1976-yilda asos solingan irlandiyalik rock guruh. U2 mashhurlikka 1980-yillarda erishdi. RIAA assotsiasiyasining maʼlumotlariga asosan AQSHning oʻzida ularning albomlari 50 mln. nushada sotilgan va ular olti marta Amerika hit-paradlarining yuqori qatorini egallaganlar. U2 ohirgi 25 yil ichidagi eng muvaffaqiyatli guruhlardan biri hisoblanadi.

U2
2005-11-21 U2 @ MSG by ZG.JPG
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Irlandiya
Faoliyat yillari 1976 yildan — hozirgi kungacha
Janr Alternative rock
Leybl Island Records
MCA Music
Interscope
Mercury Records
Tarkib Bono
Edj
Edam Kleyton
Larri Mallen

Guruh juda koʻp albomlarni yozgan, va hozirda ular nafaqat oʻz musiqaviy hayoti, balki guruh solisti — Bononing hayrli ishlari bilan mashhur. U turli hil hayriya jamgʻarmalari vakillari bilan suhbatlar uyushtiradi va yashash sharoiti past boʻlgan mamlakatlarga safar qiladi. Yaqinda u „Feed The World“ nomli singl yozilishida ishtirok etdi, uning sotuvidan tushirilgan daromad Sudanga yordam tariqasida uzatildi, 1984-yili ham shunday aksiya oʻtkazilgan edi, lekin unda moddiy yordam Efiopiyaga yuborilgan edi.

TarkibiTahrirlash

 
Bono, U2 guruhining sardori
  • Bono (Pol Devid Hyuson (Paul David Hewson)) — vokal, gitara, lab garmonikasi
  • Edj (The Edge) (Devid Houell Evans (David Howell Evans)) — gitara, klavishalar, vokal
  • Adam Kleyton (Adam Clayton) — bas
  • Lari Mallen kich. (Larry Mullen Jr.) — barabanlar

DiskografiyaTahrirlash

Studiyaviy albomlarTahrirlash

Konsert albomlariTahrirlash

  • Under a Blood Red Sky (1983)
  • Rattle and Hum (yarim konsert/yarim studiyaviy) (1988)
  • Hasta La Vista Baby! (Popmart Tour vaqtida, Foro Sol avtodromida, Mexiko, 3 dekabr 1997-yil yozilgan. Faqat Propaganda fan-klubi aʼzolariga ochiq) (2000)
  • U2.Communication (Vertigo Tour turidagi 8 ta qoʻshiqdan iborat konsert albomi, shulardan 5tasi DVD Live in Chicagoʻdan, qolgan 3tasi 2005-yili iyulda Milanda yozilgan. Bu albom faqat U2.com obunalariga ochiq). (2005)
  • ZOO2LIVE (1993-yil 27 noyabr, Sidney futbol stadionida, ZOO TV Tour doirasida oʻtkazilgan afsonaviy konsertdan iborat albom. Bu albom faqat U2.com obunalariga ochiq). (2006)

Terma albomlarTahrirlash

EPTahrirlash

SaundtreklarTahrirlash

VideoTahrirlash

HavolalarTahrirlash