Numb“ (tarjimasi „Uvishgan“) — „Linkin Park“ rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Meteora“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. „Numb“ guruhning eng keng tanilgan qoʻshiqlaridan biri boʻlib, „Billboard“ jurnalining „Alternative Airplay“ xit-paradida 12 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Shuningdek, tarona „Billboard“ jurnalining „Mainstream Rock“ xit-paradining eng yuqori pogʻonasidan uch hafta davomida tushmagan va „Billboard Hot 100“ xit-paradida 11-pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Numb“
Linkin Park qoʻshigʻi
„Meteora“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 8-sentyabr, 2003-yil(2003-09-08)[1][2]
Yozib olingan 2002
Janr
Davomiyligi 3:06
Leybl Warner Bros.
Matn muallif(lar)i Linkin Park
Prodyuser(lar)
  • Don Gilmore
  • Linkin Park
Linkin Park singllari xronologiyasi
„Faint“
(2003)
Numb
(2003)
„From the Inside“
(2004)
Klipi
„Numb“ YouTubeda

Qoʻshiq amerikalik reper Jay-Z bilan qayta ishlanib, „Numb/Encore“ nomi bilan eʼlon qilingan. „Linkin Park“ va Jay-Z mazkur versiya uchun „Eng yaxshi rep/kuylash hamkorligi“ (inglizcha: Best Rap/Sung Collaboration) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan. Qoʻshiq „Rhapsody“ onlayn musiqa xizmatining oʻn yillikning eng yaxshi treklari roʻyxatiga kiritilgan[10]. 2022-yilning 15-martida „Numb“ Spotify xizmatida 1 milliard martadan oshiq eshitilgan ikkinchi „Linkin Park“ guruhi qoʻshigʻiga aylandi[11][12].

„Numb“ qoʻshigʻi uchun guruh aʼzosi Joe Hahn klip suratga olgan. Klip kadrlari asodan 2003-yilning iyun oyida Praga shahrida suratga olingan, ammo xonanda Chester Bennington ogʻriqlardan azob chekayotgan boʻlgani uchun guruh qoʻshiqni ijro etayotgani aks etgan tasvirlar keyinroq Los-Anjeles shahridagi ibodatxonada yozib olingan. Klipda Briana Evigan talaba rolini ijro etgan. 2018-yilning noyabrida klip „Linkin Park“ning YouTubeda bir milliard marta koʻrilgan ilk videosiga aylandi.

Manbalar tahrir

  1. „Linkin Park Biography, Songs, Tour, Awards, Members, Lead Singer and Net Worth“. UNILAD (10-aprel 2018-yil). 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2022-yil.
  2. „Numb [CD 1 by Linkin Park (2003-09-08)“]. Amazon. Qaraldi: 20-fevral 2022-yil.
  3. Alexandra Pollard. „For a second, Linkin Park 'Numb' was the Maltese national anthem“. gigwise.com. Qaraldi: 9-dekabr 2015-yil.
  4. Carter, Emily „Nandi Bushell shares powerful Linkin Park cover, band respond“. Kerrang! (14-iyun 2021-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2021-yil.
  5. „Linkin Park's "Numb" is the second nu-metal song in history to reach one billion streams on Spotify“. New Fury Media (15-mart 2022-yil). Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  6. „Ranking Every Alternative Rock No. 1 Hit from Worst to Best“. Consequence of Sound. Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
  7. Chakraborty, Riddhi (7–yanvar 2021–yil). „Watch K-pop Star Hongjoong's Gritty Cover of Linkin Park's 'Numb'. Rolling Stone India. Qaraldi: 20–sentabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. „Linkin Park: Their 20 Best Songs, Ranked“. WMMR Rocks! (21-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  9. Pritchard, Tahlia „27 SONGS THAT WILL TAKE YOU STRAIGHT BACK TO BEING A '00S EMO“. Punkee (29-iyun 2020-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  10. Top 100 Tracks of the Decade (Wayback Machine saytida 20-fevral 2012-yil sanasida arxivlangan)
  11. Schaffner, Lauryn „Linkin Park's 'Numb' Has Reached One Billion Spotify Streams“. Loudwire (22-mart 2022-yil). Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
  12. Rogers, Jack „LINKIN PARK'S 'NUMB' HAS SURPASSED ONE BILLION STREAMS ON SPOTIFY“. Rock Sound (22-mart 2022-yil). 12-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.

Havolalar tahrir