Ubaydulla Saydaliyev
Ubaydulla Asqarovich Saydaliyev (1950.18.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1972-yildan Hamza teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da rassom, bosh rassom. S. ijodida shartli, ramziy usullardan foydalanib spektakllar ruhini ochib berishga xizmat qiladigan sahna bezaklari yaratadi: "Maysaraning ishi" (Hamza), "Istehkom" (I. Sulton), "Shoshma, quyosh" (Oʻ. Umarbekov), "Kuyov" (S. Ahmad), "Oq kema" (Ch. Aytmatov) va boshqa [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |