Ubaydulloh Alamkash
Ubaydulloh Alamkash – 1845-yilda Yangiqoʻrgʻon(Gʻallaorol) tumaniga boʻysunadigan Qizilqoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan shoir[1].
Ubaydulloh Alamkash | |
---|---|
Tavalludi |
1845-yil Yangiqoʻrgʻon(Gʻallaorol) |
Vafoti | Nomaʻlum |
Kasbi | Oʻqituvchi, shoir, yozuvchi |
Taʼlimi
tahrirAlamkash Samarqanda va Buxoro madrasalarida tahsil olgan[2]. Madrasalardagi taʼlimni yakunlagacha maktabda dars bergan. Darsdan boʻsh vaqtlarida esa maxsidoʻzlik va xattotlik bilan shugʻullangan.
Kasbiy faoliyati
tahrirUbaydulloh Alamiy boshlangʻich maktab oʻquvchilariga bagʻishlangan qoʻllanma yaratgan. 1898-yilda „Chahor“ kitobini fors tilidan turk tiliga tarjima qilgan. Kitobni Toshkentlik Abduqayum nomli insonning mablagʻlari evaziga 191—1914-yillarda Gʻulomxasan Orifjonov matbaasida chop etilgan. Ubaydulloh Alamkash xalq orasida oʻzining sheʻrlari, ruboyilari bilan mashhur.
Asarlari
tahrirUning qalamiga mansub 6000 misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan asari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi „Sharq qoʻlyozmalari“ markazida saqlanmoqda. Ubaydulloh Alamkshaning bu asarida 257 ta gʻazal, 61 ta ruboiy, 18 ta qitʻa, 10 ta soqiynoma, 4 ta muhammas oʻrin olgan[3]. Shoirning ikkita katta bayozi va Gʻozibek Muhammaddiyor oʻgʻli tartibga keltirgan bayozi orqali Alamkashning koʻplab sheʼrlari bizgacha yetib kelgan. Alamkash gʻazallarida ishqning rang barangligi jihatlari ifodalangan.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |