Gʻallaorol
Gʻallaorol — Jizzax viloyati[1] Gʻal-laorol tumanidat shahar (1973-yildan), tuman markazi. transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Jizzax shahri[2]) dan 30 km gʻarbda. Toshkent — Samarqand temir yoʻl, Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Aholisi 23 ming kishi (2005). Paxta tozalash, gʻisht, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, sutni qayta ishlash zavodlari, parran-dachilik fabikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi.
Gʻallaorol | |
---|---|
shahar | |
40°01′17″N 67°35′51″E / 40.02139°N 67.59750°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Jizzax viloyati |
tuman | Gʻallaorol tumani |
Aholisi | 23 110 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, Xotira bogʻi bor. Stadion, sport zallari, sport maydonchalari va boshqa sport insho-otlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻ.dan Toshkent, Samarqand, Jizzax va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Samarqand elektr poyezdi shahar hududidan oʻtadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |