Ubaydulloh ibn Abu Bakra
Ubaydulloh ibn Abu Bakra (عبيد الله بن أبي بكرة; tax. 698—699) – Umaviylarning Seyiston rahbari va harbiy qoʻmondon.
Kelib chiqishi
tahrirAbu Bakra Islom paygʻambari Muhammadning hamrohi boʻlgan va 630-yilda islomni qabul qilgan sobiq Habash quli va mavlo Abu Bakraning oʻgʻli edi[1][2][3]. Onasi arab boʻlgan. Tashqi tarafidan „qora va toʻq rangli“ deb taʼriflanadi[1].
Gubernatorlik va harbiy faoliyat
tahrir671-yilda Iroq va sharqiy xalifalik hokimi Ziyod ibn Abihiy tomonidan Seyiston rahbarining oʻrinbosari etib tayinlangan[1]. Xalifa Abdulmalik hukmronligining dastlabki davrida (h. 685–705) Ubaydulloh Iroqning ikki asosiy garnizon shahridan biri boʻlgan Basrada Umaviylar tarafdorlari guruhini qoʻllab-quvvatladi. U bu guruhni oʻsha paytdagi Basra hukmdori Mus’ab ibn al-Zubayrga qarshi yoʻnaltirdi. Mus’ab oʻz akasi, raqib xalifa Abdulloh ibn al-Zubayrning vakili edi. 697—698-yillarda Abdulmalikning Iroq va sharq hokimi al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Seyiston ustidan ikkinchi bor noib etib tayinlangan[1].
698-yilda al-Hajjoj uni zamonaviy Afgʻoniston hududidagi Zunbillarga qarshi 20 ming kishilik „Vayron qiluvchi qoʻshin“ga boshchilik qilish uchun joʻnatdi[3]. Bu ikkinchi fuqarolar urushidan (683-692) soʻng islom kengayishining qayta jonlanishiga mos keldi[3]. Uning vazifasi Sharqiy Afgʻonistonga bostirib kirish va Zunbillarni oʻlpon toʻlashni qayta yoʻlga qoʻyishga majbur qilishdan iborat edi[1].
Togʻlarda qurshovda qolgan u, ochlik va Zunbil hujumlari tufayli magʻlubiyatga uchradi. Natijada, katta oʻlpon toʻlashga, garovga odamlar, jumladan uchta oʻgʻlini topshirishga va Zunbilga qayta hujum qilmaslik haqida qasam ichishga majbur boʻldi[1][3][4][5][6]. Shundan soʻng, u 5000 nafar askari bilan Bust shahriga chekinib ketdi[3].
Muvaffaqiyatsiz yurishdan koʻp oʻtmay Ubaydulloh vafot etdi[3]. Oʻrniga Seyiston hokimi etib oʻgʻli Abu Bardha tayinlandi. U bu lavozimni bir-ikki yil davomida egallagan boʻlib, shu davrda tanga zarb ettirganiligi ham maʼlum[7].
Taxminan 700-yilda al-Hajjoj Kufadan boʻlgan arab zodagoni Ibn al-Ash’asni tayinlab, unga zunbillarga qarshi yangi hujum uyushtirish vazifasini topshirdi. Dastlabki ayrim muvaffaqiyatlardan soʻng, Ibn al-Ash’as zunbillar bilan kelishuvga erishdi. Kelishuvga koʻra, zunbillar Ubaydullohdan asirga olinganlarni qaytarishga va oʻlponni avvalgi miqdorda toʻlashni davom ettirishga rozi boʻlishdi[8]. Shundan soʻng Ibn al-Ash’as oʻz qoʻshinini Iroqqa qaytarib olib, al-Hajjojga qarshi isyon koʻtardi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Bosworth, C.E.. Encyclopedia of Islam, 1986 — 761-bet. Bosworth, C. E. (1986). Encyclopedia of Islam. p. 761.
- ↑ Pipes, Daniel (1980). "Black Soldiers in Early Muslim Armies". The International Journal of African Historical Studies 13 (1): 90. doi:10.2307/218374. ISSN 0361-7882. https://www.jstor.org/stable/pdf/218374.pdf?refreqid=excelsior%3Ace1e0c7ad91a96cdce0f7f3689980c9c.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Marozzi, Justin. The Arab Conquests (en). Head of Zeus Ltd, 13 May 2021 — 141-bet. ISBN 978-1-83893-341-8. Marozzi, Justin (13 May 2021). The Arab Conquests. Head of Zeus Ltd. p. 141. ISBN 978-1-83893-341-8.
- ↑ Hugh Kennedy. The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In. Hachette UK, 2010 — 128-bet. ISBN 9780297865599.
- ↑ Lari, Suhail Zaheer. A History of Sindh (en). Oxford University Press, 1994 — 26-bet. ISBN 978-0-19-577501-3. „Also available in Pdf, page 17“
- ↑ Hoyland, Robert G.. In God's Path: The Arab Conquests and the Creation of an Islamic Empire (en). Oxford University Press, 2015 — 151–152-bet. ISBN 978-0-19-991636-8.
- ↑ Sears, Stuart D. (1989). "A HYBRID IMITATION OF EARLY MUSLIM COINAGE STRUCK IN SIJISTAN BY ABȖ BARDHĀ'A". American Journal of Numismatics 1: 160. ISSN 1053-8356. https://www.jstor.org/stable/43580159.
- ↑ Sears, Stuart D. (1989). "A HYBRID IMITATION OF EARLY MUSLIM COINAGE STRUCK IN SIJISTAN BY ABȖ BARDHĀ'A". American Journal of Numismatics 1: 156. ISSN 1053-8356. https://www.jstor.org/stable/43580159.