Ubaydulloh ibn Muso Kufiy
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ubaydulloh ibn Muso Abu Muhammad Kufiy — 738-828 yillarda yashagan.
Ubaydulloh ibn Muso Kufiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Tarjimai holi
tahrirAbu Muhammad Ubaydulloh ibn Muso Kufiy 120/738 yilda Kufada tugʻilgan. Hadis ilmida hofiz va siqot(Ishonchli), deb e’tirof etilgan[1]. Ubaydulloh ibn Muso ko‘plab shaharlarda boʻlib, Hishom ibn Urva, Ismoil ibn Abu Xolid, Amash, Sufyon Savriy, Ibn Jurayh, Hanzala ibn Sufyon, Avzoiy va ularning tabaqotlaridan hadis rivoyat qilgan bo‘lsa, Uning oʻzidan Imom Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq, Abu Bakr ibn Shayba, Abbos Davriy, Imom Dorimiy, Horis Taymiy kabi ko‘plab mashhur muhaddislar hadis rivoyat qilishgan.
Vafoti
tahrirAbu Muhammad Ubaydulloh ibn Muso Kufiy hijriy 213, milodiy 828 yilda vafot etgan[2].
E’tiroflar
tahrir- Abu Hotam: “Ubaydulloh ibn Muso sahih va ishonchli muhaddisdir”, – degan.
- Ahmad Ajaliy: “Qur’on va hadis ilmining olimi boʻlib, juda ham tavoze’li va kamtarin inson bo‘lgan. Biron kishi uning boshini tik va kulgan [[hol[[da koʻrmagan”,
- '''Ahmad ibn Yusuf Salamiy''': “Ubaydulloh ibn Musodan o‘ttiz ming hadis yozib oldim”, – deydi.
Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |