Ubbiniyoz Bekniyozov
Ubbiniyoz Bekniyozov (1932-yil, Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) — sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1]. O‘zbekiston SSR Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Chapayev nomidagi sovxozning sholichilik brigadasi brigadari[2].
Ubbiniyoz Bekniyozov | |
---|---|
Tavalludi |
1932-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Partiyasi | KPSS |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirUbbiniyoz Bekniyozov 1932-yilda Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida tugʻilgan[2]. Millati qoraqalpoq. 1971-yildan KPSS aʼzosi.
Mehnat faoliyatini 1949-yilda mahalliy kolxozda boshlagan. 1952—1955-yillarda Sovet Armiyasi safida majburiy harbiy xizmatni oʻtagan, hartbiy xizmatdan keyin 1957-yildan boshlab matlubot jamiyatining tuman tashkilotida ishlaydi[2].
Ubbiniyoz Bekniyozov 1962-yilda Oʻzbekiston SSR Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi „Qoʻngʻirot“ sovxozida ishlay boshlagan. 1965-yil boshida Chapayev nomidagi sovxoz negizida alohida sholi yetishtiruvchi „Chapayev“ sovxozi tashkil etiladi. Sovxoz markazi Ush terek („Uch daraxt“) qishlogʻi boʻlgan. Sholi ekinlari yetishtirish uchun „Tomar koʻl“ (Koʻl tumor) deb nomlangan botqoqli yerni oʻzlashtirish boshlanadi va natijada jami 1500 gektar maydon oʻzlashtirilgan. Chapayev nomidagi sovxoz 1965-yilda har gektardan ilgari olingan 17 sentnerga nisbatan 18,18 sentnerdan don oladi. Ammo qoʻshni „Raushan“ sovxozida gektariga 20 sentnerdan, „Komsomolning 50 yilligi“ sovxozida esa 26 sentnerdan hosil olingani uchun sovxozning natijasi qoniqarsiz deb topilgan[2].
1965-yilda Ubbiniyoz Bekniyozov „Toʻmar-kol“ sholichilarning ortda qolgan brigadasiga rahbarlik qila boshlagan, natijada 1966-yilda 100 gektar maydondan gektariga 25 sentnerdan sholi yetishtirib olingan. 8-besh yillikda (1966—1970) „sariq oltin“ hosildorligini muttasil oshirib borildi. Besh yillik rejani muvaffaqiyatli bajargani uchun brigadir Ubbiniyoz Bekniyozov Hurmat Belgisi ordeni bilan taqdirlangan[2].
1971-yilda Ubbiniyoz Bekniyozovning brigadasi yuz gektar maydonning har gektaridan 36 sentnerdan, 1972-yilda esa 55,8 sentnerdan sholi yetishtirishgan. Bu Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi uchun rekord koʻrsatkich boʻlgan. Ubbiniyoz Bekniyozov jamoasi ishlagan joy esa „Oltin koʻl“ nomi bilan atala boshlangan.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 14-dekabrdagi farmoni bilan paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va davlatga sotishni koʻpaytirishda erishilgan katta muvaffaqiyatlar hamda hosilni yigʻishtirib olishda koʻrsatilgan mehnat jasorati uchun Ubbiniyoz Bekniyozovga Lenin ordeni hamda Oʻroq va Bolgʻa oltin medali topshirilgan, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].
Brigada sholichilari keyingi yillarda sholi yetishtirishni davom ettirib, 9-besh yillik (1971—1975) topshiriqlarini uch yilda, keyingi sakkiz yillik rejani esa 5 yilda bajarganlar. Sholichilikdagi alohida muvaffaqiyatlari uchun brigadir Ubbiniyoz Bekniyozov Oktyabr inqilobi ordeni bilan taqdirlangan[2].
SSSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputati (1979—1984) etib saylangan[3][1].
Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qoʻngʻirot tumanida yashagan[2].
Lenin ordeni (14.12.1972), Oktyabr inqilobi (20.02.1978), Hurmat belgisi (04.08.1971) ordenlari va medallar bilan taqdirlangan[2].