Uch boʻtaloq va sirli qovoq

oʻzbek shoiri hamda yozuvchisi Tursunboy Adashboyev qalamiga mansub sheʼrlar va ertaklar toʻplami

„Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ — qirgʻizistonlik oʻzbek shoiri hamda yozuvchisi Tursunboy Adashboyev qalamiga mansub sheʼrlar va ertaklar toʻplami. Toʻplamga bolalar uchun moʻljallangan sheʼrlar va ertaklar kiritilgan. Toʻplamga, shuningdek, bir necha chet ellik shoir sheʼrlari, jumladan, Korney Chukovskiy, Nodar Dumbadze, Yustinas Marsinkyavichyus, Vladimir Danko, Boris Zaxoder, Jan Brzechwa, Walter de la Mare sheʼrlari hamda xorijiy xalqlarning anʼanaviy sheʼrlari tarjimasi ham kiritilgan.

Uch boʻtaloq va sirli qovoq
Muallif(lar) Tursunboy Adashboyev
Janr(lar)i sheʼrlar va ertaklar
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 155
ISBN ISBN 5-8250-0187-5

Toʻplam 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan[1]. Toʻplam nashrini Adashboyevning oʻzi moliyalashtirgan[2]. „Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ Adashboyev sheʼrlarining eng taniqli toʻplami boʻlib, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Xususan, undan oʻrin olgan sheʼrlarda bolalar dunyoqarashi mohirlik bilan va oʻrinli hazillar bilan ochib berilgani olqishlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 28-sentyabr.
  2. „Бадиий адабиёт. СССР халқлари адабиёти. Фольклор“ (PDF). Ўзбекистон ССР матбуоти солномаси. № 9. 1990. 27-bet. Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Joʻrayeva, Gulnoza „Ўзбек болалар шеъриятида ҳажвий образ яратиш маҳорати (XX асрнинг 80 – 90 йиллари материаллари асосида)“. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 11-12 (2010). Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.