nothumb Uchtepa tumani nothumb

}}
Boʻysinuvchi viloyat Toshkent shahri
Oldingi nomi Akmal Ikromov
Markazi Farhod ko'chasi
Qishloqlari yo'q
Shaxarchalari yo'q
Mahallalari 60 ta mahalla fuqarolar yig'ini
Eng yirik shaharlar yo'q
yo'q
yo'q
Maydon

   — Butun

OʻzR: -- oʻrinda

0,03 ming kv. km km²

Aholi

   — Butun
   — Zinchlik

OʻzR: -- oʻrinda

273,3 ming
- kishi/km²


Uchtepa tumaniToshkent shahridagi maʼmuriy-hududiy birlik. Poytaxtning g'arbiy qismida joylashgan. Zamonaviy maydoni 0,03 ming km², aholisi 273,3 ming kishi.[1]

Tuman hokimi 2019-yildan Аbdullaev Farxod Ravshanovich[2]

Tarixi tahrir

Toshkent shahrining Akmal-Ikromov tumani 1977 yil 15 sentyabrda Chilonzor va Oktyabr tumanlari hududi tarkibida tashkil etilgan. Tuman Sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSR rahbarlaridan biri Akmal Ikramovich Ikromov nomi bilan atalgan. 2005 yil 6 mayda Toshkent shahrining Uchtepa tumani deb nomlandi. Tumanning yangi nomi 18-asrdan maʼlum boʻlgan tarixiy Uchtepa (uch tepalik) hududi nomi bilan berilgan.[3]

Joylashuv va chegaralar tahrir

Uchtepa tumani shimol va shimoli-sharqda Shayxontohur tumani, sharq va janubda Chilonzor tumani, gʻarbda Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan chegaradosh.[1]

Shayxontoxur tumani bilan chegara Istirohat koʻchasi va Kichik halqa yoʻli boʻylab oʻtadi.

Chilonzor tumani bilan chegara Kichik xalqqa yo‘li ko‘chasi (Kichik halqa yo‘li), Zargarlik ko‘chasi, Katta kani ko‘chasi va Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tadi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan chegarasi Toshkent halqa yoʻli, Boʻzsuv kanali, Qoraqamish kanali boʻylab oʻtadi.

Fizik geografiya tahrir

Tuman hududidan Boʻzsuv, Qoraqamish, Jarariq, Koʻkcha (Birlik oxiri tarmogʻi bilan) suv kanallari oqib oʻtadi. Tumanning obodonlashtirish maydoni 486 gektar (hududning 20 foizi). [1]

Transport tahrir

Uchtepa tumanida 481 koʼchalar mavjud boʼlib, ularning asosiylari Lutfiy koʼchasi, Mannon Uygʼur koʼchasi, Farhod koʼchasi, Istiroxat koʼchasi, Faziltepa koʼchasi, Nazarbek koʼchasi, Beshqayrag'och koʼchasi va Kichik Halqa Yo'li koʼchasi hisoblanadi.[1]

Yashash maydoni (Uy-joy fondi) tahrir

Tuman tarkibiga Chilonzor massivining 9a, 11-15, 21-26-kvartallari, Karvon bozori, Oʻrikzor, Guliston massivlari kiradi.

Korxonalar va tashkilotlar tahrir

Tumanda 50 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 32 ta davlat umumtaʼlim maktablar soni, 1ta Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab, 1ta xususiy maktab, 1ta barkamol avlod bolalar maktab, 5 ta kollej, 1ta oliy taʼlim muassasalari, 2 ta bolalar-oʼsmirlar sport maktabi, 3 ta musiqa va sanʼat maktabi mavjud.

Shuningdek tumanda 2 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 2 ta madaniyat va istirohat bogʼi, 1 ta sayilgoh, 2 ta yoshlar mehnat guzarlari bor.

Ta'lim va fan tahrir

Tuman hududida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, Toshkent yuridik kolleji, Fiskal instituti mavjud.

Madaniy meros ob'ektlari tahrir

Uchtepa tumanida respublika ahamiyatidagi muʼmoriy yodgorliklardan Foziltepa (V-X asrlar) arxeologik yodgorligi, “Soʼpon ota” majmuasi (XVII asr), mahalliy madaniy meros obʼektidan Saidvaqqos masjidi va boshqalar saqlangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Tuman haqida umumiy ma'lumotlar Uchtepa tuman hokimligi rasmiy sayti
  2. Hokimlik rahbariyati. Uchtepa tuman hokimligi rasmiy web-sayti
  3. Топонимика (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan) — история Ташкента