Uglevodlarni hisoblash qandli diabet kasalligini davolash uchun qondagi qand miqdorini nazorat qilishda qoʻllaniladigan ovqatlanish rejimini rejalashtirish vositasidir[1]. Bu usulni insulin terapiyasi bilan yoki insulin terapiyasisiz ham qoʻllash mumkin. Uglevodlarni hisoblash jarayoni ikki bosqichdan iborat: oziq-ovqat tarkibida uglevodlar mavjudligini aniqlash va ushbu oziq-ovqatdagi uglevodlar miqdorini hisoblash.

Uglevodlar

Taʼrifi

tahrir

Uglevod oziq-ovqat tarkibida uchraydigan uchta asosiy makronutrientlardan biridir. Boshqa asosiy makronutrientlar esa oqsil va yogʻ hisoblanadi. Uglevodning eng sodda shakli glyukoza deb ataladi va u qondagi qand miqdorining koʻtarilishiga sabab boʻlishi mumkin[2]. Qandli diabet kasalligiga chalingan odamlarda organizmning qondagi qand miqdorini meʼyorida saqlab turish qobiliyati buziladi. Isteʼmol qilinadigan uglevodlarni parhez orqali nazorat qilish qondagi qand darajasini maqbul holatda ushlab turishga yordam beruvchi usullardan biri hisoblanadi[3].

Oziq-ovqatlardagi uglevodlar miqdori

tahrir

Uglevodlar meva, kraxmalli sabzavotlar (masalan, noʻxat, kartoshka va makkajoʻxori), don mahsulotlari, sut va yogurt, dukkakli oʻsimliklar hamda shirinliklarda uchraydi. Goʻsht, tuxum, pishloq, yogʻlar va kraxmalsiz sabzavotlar (masalan, koʻkatlar va brokkoli) tarkibida esa uglevodlar juda oz miqdorda boʻladi yoki umuman boʻlmaydi. Uglevodsiz oziq-ovqat mahsulotlariga baʼzi ziravorlar, shakarsiz qahva va choy hamda shakarsiz ichimliklar kiradi.

Insulinsiz hisoblash

tahrir

Uglevodlarni insulinsiz hisoblash usuli qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun ham foydalaniladi. Har bir asosiy taom va har bir tamaddi bilan maʼlum miqdorda uglevod yoki uglevod birlikmalari isteʼmol qilinadi. Uglevod miqdorini maʼlum darajada ushlab turilsa, qondagi qand miqdori meʼyorda qoladi. Amerika Diabet Assotsiatsiyasi har ovqatlanishda taxminan 45-60 gramm uglevod (3-4 uglevod birligi) isteʼmol qilishdan boshlashni tavsiya etadi, bunda bu miqdorni koʻpaytirish yoki kamaytirish imkoniyati mavjud.

Insulin bilan hisoblash

tahrir

Uglevodlarni hisoblash usulida insulinni belgilangan va moslashtirilgan doza bilan qoʻllash mumkin. Insulinning belgilangan miqdori uchun uglevodlarni hisoblash huddi insulinsiz uglevodlarni hisoblashdagi kabi amalga oshiriladi. Yagona farq shundaki, insulin ovqat bilan birgalikda qabul qilinadi. Insulinning moslashtirilgan dozasini qoʻllash usulida, insulin miqdori isteʼmol qilingan uglevodlar miqdoriga qarab yuboriladi va natijada insulin miqdori isteʼmol qilingan uglevodlar miqdoriga qarab oʻzgarib turadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Carbohydrate Counting“. American Diabetes Association. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  2. Lopes Souto, D; Lopes Rosado, E (January 2010). "Use of carb counting in the dietary treatment of diabetes mellitus". Nutricion Hospitalaria 25 (1): 18–25. PMID 20204251. 
  3. Evert, A. B.; Boucher, J. L.; Cypress, M.; Dunbar, S. A.; Franz, M. J.; Mayer-Davis, E. J.; Neumiller, J. J.; Nwankwo, R. et al. (1 November 2013). "Nutrition Therapy Recommendations for the Management of Adults With Diabetes". Diabetes Care 36 (11): 3821–3842. doi:10.2337/dc13-2042. PMID 24107659. PMC 3816916. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3816916. 

Havolalar

tahrir