Willis Lamb
(Uillis Lambdan yoʻnaltirildi)
Willis Lamb (talaffuzi: Uillis Lamb) (1913.12.7, Los-Anjeles-2008.15.5) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1954-yildan). Kaliforniya universitetini tugatgan (1934). AQSHning Kolumbiya va boshqa universitetlari professor (1948-yildan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant elektronika va tezlatkichlar texnikasi, mikrotoʻlqin spektroskopiyasiga oid. Shuningdek, vodorod atomi energetik sathining siljishini tajribada aniklagan (1947), gaz lazeri nazariyasini ishlab chiqqan (1962). Nobel mukofoti laureati (1955).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |