Ukkilar
Ukkilar (Bubo) — yapaloqqushlar urugʻi. Uz. 30—72 sm. Boshida "quloq" deb ataladigan patlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari patli. 12 turi maʼlum. Avstraliya va Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda uchraydi. Oddiy U. Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda choʻl, dasht va togʻlardagi odam bormaydigan ovloq hududlarda yashaydi. Yerda, qoya toshlar orasida uya kuradi; baʼzan daraxtlardagi yirik qushlar tashlab ketgan uyalarni egallaydi. 2—6 ta tuxum qoʻyadi. Har xil mayda kushlar, kemiruvchilar, quyon, oʻrdak, qurlar va boshqa hayvonlar bilan oziklanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |