Ukkosha ibn Mihsonning Uzra va Baliyga yurishi

Ukkosha ibn Mihsonning Uzra va Baliy qabilalariga yurishi[1] hijriy 9-yilda (milodiy milodiy 630-yil oktyabr) boʻlib oʻtgan[1][2].

Ukkosha ibn Mihsonning Uzra va Baliyga yurishi
Sanalar Hijriy 9-yil (milodiy 630-yil oktyabr)
Urush yeri Al-Jinob, Hijoz
Qoʻmondonlar
Ukkosha ibn Mihson Nomaʼlum

Banu Uzra

tahrir

Banu Uzra qabilasi hozirgi Iroqdan kelgan koʻchmanchi arab qabilasidan boʻlgan. Arabistonda Islom dini yuksala boshlagan davrda Banu Uzra qabilasining nasroniylikka eʼtiqod qilishi haqidagi xabarlar tarqalgan, biroq musulmon tarixchisi Tarix al-Yaʼqubiy ushbu qabila aʼzolarining baʼzilari Shams deb atalgan butga sigʻinishganini ham eslatib oʻtgan. Yana bir musulmon tarixchisi Hishom ibn al-Kalbiy Banu Uzra qabilasi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtgan.

Hududda, asosan, Banu Juzam, Uza va Bahra qabilalari istiqomat qilgan boʻlib, ularning barchasi nasroniy boʻlgan. Arabiston yarim orolidagi (Hijoz) Baliy kabi qabilalar, Ekseter universiteti xodimi B. R. Pridham taʼriflaganidek, nasroniylikdan Islomga oʻtishgan edi[3].

Yurish

tahrir

Xolid ibn Valid boshchiligidagi harbiy yurishdan keyin Banu Uzraning bir qismi Islomni qabul qilgan boʻlsa-da, qabila aʼzolarining bir qanchasi bundan norozi edi[4]. Ukkosha ibn Mihson Uzra va Baliy qabilalari istiqomat qiladigan hududga yurish qilib, al-Jinob deb atalgan yerlarida[1] ularga qarshi bosqinchilik qilgan[5].

Musulmon tarixchisi Balozuriy Axmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovudning taʼkidlashicha, Banu Uzra Hijozdagi ilk qabilalardan biri boʻlib, Islom dini endi paydo boʻlgan davrlarda bu dinni qabul qilgan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 239-bet. ISBN 978-9960-897-71-4. 
  2. Abū Khalīl, Shawqī. Atlas of the Quran. Dar-us-Salam, 2003 — 244-bet. ISBN 978-9960-897-54-7. 
  3. 3,0 3,1 R.L. Bidwell (editor), R.. New Arabian studies, Volume 3. University of Exeter Press, Feb 1996 — 95-bet. ISBN 978-0-85989-479-1. R. L. Bidwell (editor), R. (Feb 1996). New Arabian studies, Volume 3. University of Exeter Press. p. 95. ISBN 978-0-85989-479-1. {{cite book}}: |last= has generic name (help)
  4. Muir, William (August 1878), The Life of Mahomet, Kessinger Publishing Co (10 Aug 2003), 454-bet, ISBN 978-0-7661-7741-3
  5. Sa'd, Ibn. Kitab al-tabaqat al-kabir,By Ibn Sa'd,Volume 2. Pakistan Historical Society, 1967 — 202-bet.