Eyler Ulf Svante fon (1905.7.2, Stokgolm 1983.8.3,) - shved fiziologi. Stokgolmdagi Karolin institutini tugatgan (1929), farmakologiya kafedrasi assistenti (1930-yildan), fiziologiya professor (1939-yildan). U ichak toʻqimasida "R substansiya" nomli biologik faol modda kashf etgan. Ilmiy faoliyati adrenergik nerv oxirlarining fiziologiyasiga bagʻishlangan. E. noradrenalin simpatik nerv sistemasining mediatori ekanligini aniqladi va uning fiziologik va patologik holatlardagi almashinuvini oʻrgandi. U prostaglandinlarni ham kashf etib, ularning organizmdagi ahamiyatini tekshirdi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1973), Nobel mukofoti laureati (1970; hamkorlikda)[1].

Ulf von Euler

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil