Ulises Segura Machado (1993-yil, 23-iyunda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, Deportivo Saprissa va Kosta-Rika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Ulises Segura
Segura Saprissa klubi safida 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ulises Segura Machado
Tavallud sanasi 23-iyun 1993-yil (1993-06-23) (30 yosh)
Tavallud joyi Guadalupe, Kosta Rika
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2014 Generación Saprissa 25 (2)
2014-2017 Deportivo Saprissa 115 (14)
2014-2015Uruguay de Coronado (ijara) 37 (3)
2018-2020 D.C. United 66 (5)
2021-2022 Austin FC 0 (0)
2022- Deportivo Saprissa 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017- Costa Rica 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 13-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 13-sentyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

  Deportivo Saprissa tahrir

Deportivo Saprissadagi birinchi mavsumini qoʻshib hisoblaganda, Segura allaqachon klub bilan 3 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan[1]. Segura Saprissa klubi safida 126 ta oʻyinda maydonga tushgan va oʻz vaqtida 15 gol va 6 golga assistentlik qilgan.

  CS Uruguay de Coronado tahrir

Ulises Segura 2014-yildan 2015-yilgacha Uruguay de Coronadoda ijarada oʻynagan. U klub safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

  D. C. United tahrir

Segura DC United klubi tomonidan 2017-yil, 21-dekabrda sotib olindi[2]. 2018-yilning 15-aprelida Segura MLSdagi ilk golini Columbus Crew SC klubiga qarshi o‘yinda (1:0) kiritdi. Segura golni 50 soniya ichida urdi va bu klub tarixidagi eng tez uchinchi golga aylandi. U 2018-yilgi mavsumni 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

2019-yilda Segura D. C. United safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi[3].

  Austin FC tahrir

Segura 2020-yil, 13-dekabrda 2021-yilgi mavsumi boshida 150 000 AQSh dollari evaziga Austin klubi tomonidan sotib olindi. Mavsum boshlanishidan oldin Segura chap tizzasidan jarohat oldi va osteoxondral allogreft transplantatsiyasi operatsiyasidan oʻtdi, bu esa 2021-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishiga sabab boʻldi. 2022-yil, 25-yanvarda Austin FC Segura bilan shartnomasini bekor qilganini eʼlon qildi, natijada Segura asosiy jamoani tark etdi[4].

Xalqaro tahrir

Segura 2017-yilning 15-yanvarida Belize klubiga qarshi Copa Centroamericana doirasidagi o‘yinda o‘zining birinchi kattalar safidagi oʻyinida maydonga tushdi va usha oʻyinda toʻliq harakat qildi[5].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2020-yil, 13-sentabr holatiga ko'ra[6]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Deportivo Saprissa 2013-14 Primera División 2 0 2 0
2015-16 Liga FPD 36 1 3 0 39 1
2016-17 51 8 6 1 57 9
2017-18 26 5 26 5
Jami 115 14 0 0 9 1 0 0 124 15
Uruguay de Coronado (ijara) 2014-15 Primera División 37 3 37 3
Jami 37 3 0 0 0 0 0 0 37 3
D. C. United 2018 MLS 23 2 23 2
2019 33 3 2 0 1 0 36 3
2020 10 0 10 0
Jami 66 5 2 0 0 0 1 0 69 5
Austin FC 2021 MLS 0 0 0 0
2022 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Karyera jami 218 22 2 0 9 1 1 0 230 23

Xalqaro tahrir

2020-yil, 2-yanvar holatiga ko'ra[7]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Kosta-Rika 2017 6 0
2018 3 0
2020 1 0
Jami 10 0

Shaxsiy hayoti tahrir

Segura green cardni 2020-yil yanvar oyida qoʻlga kiritgan.

Yutuqlari tahrir

Saprissa

  • Liga FPD: Clausura 2014, Apertura 2015, Apertura 2016

Manbalar tahrir

  1. „Belize vs Costa Rica (0:3)“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  2. „D.C. United acquire Costa Rican National Team midfielder Ulises Segura“. D.C. United. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  3. „Ulises Segura“. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  4. „Austin FC Exercises Offseason Buyout on Ulises Segura | Austin FC“.
  5. „Belize vs Costa Rica (0:3)“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  6. Ulises Segura Soccerway saytida. Qaralgan sana: January 4, 2021.
  7. „Ulises Segura“ (en). www.national-football-teams.com. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.