Ulugʻbek Rashitov
Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov (2002-yil 23-mart, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi[1]. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Butunjahon harbiy oʻyinlari va taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni. 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi[2].
Ulugʻbek Rashitov | |
---|---|
| |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
23-mart 2002-yil Toshkent |
Boʻyi | 185 sm |
Vazni | 68 kg |
Mukofotlar | |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | taekvondo |
Murabbiy(lar)i | Pavel Xan |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Oltin | Parij 2024 | 68 kg |
Oltin | Tokio 2020 | 68 kg |
Jahon chempionati | ||
Bronza | Boku 2023 | 68 kg |
„Gran-Pri“ turniri | ||
Oltin | Rim 2023 | 68 kg |
Oltin | Parij 2023 | 68 kg |
Kumush | Ar-Riyod 2022 | 68 kg |
Bronza | Tayyuan 2023 | 68 kg |
Yozgi Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Xanchjou 2023 | 68 kg |
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati | ||
Oltin | Chuncheon 2022 | 68 kg gacha |
„Grand Slam“ turniri | ||
Oltin | Wuxi 2022 | 68 kg |
Islom birdamligi oʻyinlari | ||
Oltin | Konya 2021 | 68 kg |
Yoshlar Olimpiya Oʻyinlari | ||
Kumush | Buenos Ayres 2018 | 48 kg |
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | ||
Bronza | Hammamet 2018 | 51 kg |
Butunjahon harbiy oʻyinlari | ||
Oltin | Uxan 2019 | 58 kg gacha |
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | ||
Oltin | Atirau 2017 | 45 kg |
Oltin | Amman 2019 | 55 kg |
Hayoti
tahrirUlugʻbek Rashitov 2002-yilning 23-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[3]. 18-sonli umumtaʼlim maktabda oʻqigan[4]. Ulugʼbek Rashitov Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida tahsil olgan[5].
Faoliyati
tahrirUlug'bek Rashitov 2016-yildan O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi, keyin o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibidan o‘rin olgan, so‘ng terma jamoaga o‘tgan[6].
2018-yilda Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan[6].
2018-yilda Ulugʻbek Rashitov Buenos Ayresda (Argentina) boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yoshlar oʻrtasida 48 kg gacha vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi va finalda rossiyalik sportchi Dmitriy Shishkoga yutqazdi.
2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasida taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida 55 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[7]. Shu yilning oʻzida u 2019-yilgi Xalqaro harbiy oʻyinlarida 58 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi va finalda xitoylik sportchi Liang Yushuayni magʻlub etdi.
2021-yilda Amman shahrida (Iordaniya) taekvondo boʻyicha Osiyo Olimpiya saralash turnirida u Tokioda (Yaponiya) XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[8].
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 68 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Saralash bosqichida u Mali sportchisi Seydu Fofanani magʻlub etdi. Nimchorak finalda u koreyalik ikki karra Olimpiada sovrindori Li Da Xuni yengdi[9]. Yarim finalda u Nedzad Xushichga (Bosniya va Gersegovina) qarshi jangga chiqdi[10] va 28:5 hisobida yirik gʻalabaga erishdi[9]. U finalda britaniyalik taekvondochi Bredli Sindenni 34:29 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oʻrin sohibi boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[8].
2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida u 68 kg gacha vazn toifasida final bahsida iordaniyalik sportchi Zaid Karimni magʻlub etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi[11].
2022-yilning 9-12-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom birdamligi oʻyinlarida 68 kg vazn toifasida dayanga chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finalda ozarbayjonlik Javad Agayevni magʻlub etgan.
2023-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 68 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Rashitov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda janubiy koreyalik sportchi Jin Xo Junga magʻlub boʻlgan[12].
Ulugʻbek Rashitov Italiyada oʻtkazilgan Gran-prida 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan. Finalda vengriyalik Levente Józsani magʻlub etgan[13].
2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari
tahrirUlugʻbek Rashitov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Hong konglik sportchi Lo Wai Fungga qarshi dayanga tushdi va 2:0 (12:0, 9:2) hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finalda unga xitoylik Liang Yushuai raqiblik qildi. Liang Yushuai 0:2 (1:2, 2:9) hisobida magʻlub boʻldi. Ulugʻbek Rashitov ispaniyalik raqibi Javier Perez Poloni yengib final bosqichiga oʻtdi. Finalda 2:0 hisobida iordaniyalik raqibi Zaid Karimni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[14].
Unvon va mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2021-yil)[15].
- El-yurt hurmati ordeni (2024-yil)[16].
- Leytenant harbiy unvoni (2024-yil)[17]
Manbalar
tahrir- ↑ Sam Peene. „Paris 2024 taekwondo: All results, as Uzbekistan’s Ulugbek Rashitov defends Olympic title in men's -68kg“ (ingliz tilida). olympics.com (2024-yil 9-avgust). 2024-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust.
- ↑ „Ulug‘bek Rashidov Olimpiada chempionligini bir necha kun avval vafot etgan amakisiga bag‘ishladi“. daryo.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
- ↑ „Rashitov Ulug'bek Ismatullaevich“. repost.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
- ↑ „OʼzMU talabasi Ulugʼbek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi“. nuu.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni“. gazeta.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
- ↑ „Iran dominate Asian Junior Taekwondo Championships with 10 gold medals“. www.insidethegames.biz (1563816900). Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 „Pekin-2020. Улуғбек Рашидов Ўзбекистон делегациясининг дастлабки олтин медалини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 „Токио-2020. Ўзбекистонлик таэквондочи Улуғбек Рашидов финал йўлланмасини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ „Токио-2020. Ўзбекистонлик Улуғбек Рашидов яримфинал йўлланмасини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ „Oʻzbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritdi“. gazeta.uz (2022-yil 24-iyun).
- ↑ „World Taekwondo“. m.worldtaekwondo.org. 2023-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
- ↑ „Улугбек Рашитов завоевал «золото» Гран-при по тхэквондо в Италии“. Newshub.uz. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ „Ulug‘bek Rashitov - ikki karra Olimpiada chempioni“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
- ↑ „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
- ↑ „Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
Havolalar
tahrir- Ulugʻbek Rashitov Instagram sahifasi