Ulugʻbek madrasasi (Samarqand)

Ulugʻbek madrasasi - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (141722). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq ravogʻi cheti morpech shaklida, tokchasidagi namoyonlar oʻziga xos uslubda pardozlangan. Peshtogʻi, guldastasi va tashqi devorlarida girih naqshining turli betakror namunalari aks etgan. Ganchkori panjaralar orqali xonaga yorugʻlik tushib turadi. Moviy va koʻk koshin hamda sopol gishtlar vositasida Samarqanddagi Ulugbek madrasas geometrik naqshlar bilan bezatilgan devor satqi yozuvlar bilan oʻzaro uygʻunlashib, koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Peshtoq orqali chorsi hovli (30×30 m)ga oʻtiladi. Hovli atrofi 2 qavatli hujralar (48 ta) bilan oʻralgan, har bir qujra qaznoq, yotoqxona, umumiy xonadan iborat. Madrasaning shim. va jan. tarzlari oʻrtasida tashqi tomondan alohida peshtoqlar bor. Madrasaning 4 tomonini darsxona va ayvon egallagan. Masjid (22×8 m) jan.sharqiy tomonga choʻzilgan. Tashqi toʻrt burchagida 4 ta baland minora bor. Xonaqoh va baʼzi hujralar ichkarisi naqshin bezaklar bilan pardozlangan. Bezaklari orasida kufiy va suls yozuvlari uchraydi. Vayron boʻlgan 2qavati, qiyshaygan guldastasi, devorlaridagi kuchib ketgan bezaklar kayta tiklangan (1936), V. Shuxov va M. Mauerlar loyihasi asosida shim.sharqiy minorasi taʼmirlangan (1932). E. Gendel qiyshaygan minorani oʻz qoliga keltirgan (1965). Taʼmirlashda A. Umarov, Sh. Gʻafurov, K,. Jalilov, I. Shermuhamedov, A. Quliyev kabi ustalar qatnashgan. Ulugʻbek madrasasi (Samarqand) meʼmoriy shakli, tuzilishi jihatidan Oʻrta Osiyo meʼmorligida shu turdagi binolar orasida eng mukammal yuksak sanʼat namunasi xisoblanadi.

Madrasa
Ulugʻbek madrasasi
Registan Ulugbek madrasah2014.JPG
Ulugʻbek madrasasi bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Manzil Registon maydoni
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Samarqand viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Mirzo Ulugʻbek
Binokorlik tashabbuschisi Mirzo Ulugʻbek
Binokorlik 1417-yil1420-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Gumbazlar soni 2 ta