Ostrovskiy[1] (lotincha: Ostrowskia) —   Qoʻngʻiroqguldoshlar (Camjpanulaceae) oilasiga mansub  ikki pallali oʻsimliklarning  shu jumladan Ostrovskiy muhtasham yoki ulugʻvor Ostrovskiy[2] (lotincha: Ostrowskia magnifica) turkumlari sanaladi[3].  

Ulug‘vor ko‘zagul
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gul
Sinf: Dikot
Oila: Qo‘ng‘iroq gullar
Xalqaro ilmiy nomi
Ostrowskia Regel, 1884

Bu turni 1884-yilda nemis-rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel ajratib olgan[4] va Mixail Nikolayevich Ostrovskiy nomi bilan atalgan.

Ostrovskiy muhtasham — Markaziy Osiyo relikti[5]. Jinsning oʻzi qoʻngʻiroqguldoshlar[6] ichida alohida oʻrinni egallaydi; Baʼzi tadqiqotchilar hatto uni Ostrowskioideae alohida kichik oilasiga ajratishni taklifini berishadi[7].

Tarqalishi va oʻsish joyi

tahrir
 
Ostrovskiy muhtasham  tasvirlangan Sovet pochta markasi (1974-yil) (dlya foto)

Pomir-Oloy, Tyan-Shandagi Ugom tizmasi va Afgʻoniston shimolidan topilgan[8]. Ushbu oʻsimlik turining tarqalishi manbaga qarab farq qilishi mumkin[5][9].

U oʻrmon va togʻli hududlarda butalar orasida oʻsadi[8].

umumiy xususiyatlari

tahrir

Bu oʻsimlik sekin oʻsadigan koʻp yillik oʻsimlik turi[8].

Uning poyasi tuksiz, uzunligi 100-180 sm gacha boradi[8].

Barglari tuksiz, tishli, choʻzinchoq-tuxumsimon, har biri 2-5 donadan halqa hosil qilib oʻrnashgan[8].

Toji och binafsha rangli, baʼzan oq, uzunligi 8-10 sm, boʻlaklari tuxumsimon, naychasidan qisqa[8].

Mevasi Mevasi koʻsakchasimon. Urugʻi choʻziq tuxumsimon[2].

Maydan (togʻ etaklarida) va iyundan—iyulgacha (togʻlarda) gullaydi, avgust va sentyabrda mevasi yetiladi[8].

Tutgan oʻrni

tahrir

Oʻrta Osiyo va undan tashqaridagi botanika bogʻlarida yetishtiriladi. Oʻsimlikshunoslik madaniyatida ular urugʻning unib chiqishidan toʻrt-besh yil oʻtgach gullaydi[5].

Muhofaza choralari

tahrir

Ostrovskiy ulugʻvor navi noyob hisoblanadi[5]; U Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan va dastlab SSSR Qizil kitobiga ham kiritilgan[2].

Manbalar

tahrir