Umarali Qodirov
Umarali Doʻstqobilovich Qodirov (1974-yil 16-oktyabr, Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor.
Umarali Qodirov | |
---|---|
Tavalludi |
16-oktyabr 1974-yil Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi |
Taʼlimi | Termiz davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | psixologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirUmarali Qodirov 1974-yil 16-oktyabr Muzrabot tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan[1][2]. 1991—1996-yilda Termiz davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 2015—2016-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan[1]. 1996—1998-yillarda Surxondaryo viloyatidagi 10-maktab internat oʻqituvchisi, 1998—2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2002—2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, 2009—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining mas’ul xodimi, 2008—2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2012-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti „Pedagogika va psixologiya“ kafedrasi mudiri, 2012—2014-yillarda respublika „Oila“ ilmiy-amaliy markazi yetakchi ilmiy xodimi; 2014—2017-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori[2], 2017—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi tashkiliy- nazorat guruhi rahbari, 2018—2022-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlagan. 2022-yil 20-iyuldan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktoridir[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2002-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Badiiy ijodiyotda ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik muammolar talqini (Abdulla Qodiriy romanlari asosida)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2020-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Yoshlarni destruktiv gʻoyalar taʼsiridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta darslik, 1 ta monografiya, 16 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Xalqaro „Antik dunyo“ — „Antique world“ akademiyasining akademigi, Turon fanlar akademiyasining akademigi va prezidiumi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi[1].