Umid Xoʻjamqulov
Umid Negmatovich Xoʻjamqulov (1977-yil 29-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Umid Negmatovich Xoʻjamqulov | |
---|---|
Tavalludi |
29-yanvar 1977-yil Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | filolog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Biografiyasi
tahrirUmid Xoʻjamqulov 1977-yil 29-yanvar Samarqand viloyatida tugʻilgan[1]. 1994—1999 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetida, 1999—2002-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan. 2007—2010-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2010—2014-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyi direktori, 2014—2018-yillarda Toshkent moliya instituti „Oʻzbek va rus tillari“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 2018—2019-yillarda Chirchiq davlat pedagogika instituti „Oʻzbek tili va adabiyoti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Chirchiq davlat pedagogika instituti „Boshlangʻich taʼlim nazariyasi“ kafedrasi dotsenti[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirUmid Xoʻjamqulov 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma va 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2004-yilda „Mirtemir lirikasida soʻz va obraz“ mavzusida nomzodlik, 2020-yilda „Pedagogik taʼlim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari (Toshkent viloyati misolida)“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan[1].