Umrim daryosi
oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam
„Umrim daryosi“, toʻliq nomi „Saylanma. Uchinchi jild. Umrim daryosi“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Yana uch kitob — „Ishq savdosi“, „Sheʼr dunyosi“ hamda „Koʻngil nidosi“ asarlaridan iborat „Saylanma“ toʻrt jildli sheʼriy toʻplamining uchinchi jildi. 2001-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konserni bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga muallif 1980- hamda 1990-yillarda yozgan sheʼrlar, jumladan, „Istanbul fojeasi“ pyesasi kiritilgan. Toʻplamdan Rasul Hamzatovning oʻziga xos, muayyan adabiy janrda boʻlmagan „Dogʻistonim“ asari tarjimasidan parchalar ham oʻrin olgan.
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va dostonlar |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot matbaa-konserni bosh tahririyati |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2001 |
Avvalgisi | „Sheʼr dunyosi“ |
Keyingisi | „Koʻngil nidosi“ |
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrir