Umurtqa

umurtqa pog'onasini tashkil qiluvchi suyaklar
(Umurtqalardan yoʻnaltirildi)

Umurtqa, umurtqalar – odam va umurtqali hayvonlar umurtqa pogonasini tashkil etadigan kalta gʻovak suyaklar. Odamda umurtqa tana, ravoq va oʻsiqlardan iborat. Umurtqa 33—34 boʻlib, bulardan 7 tasi boʻyin, 12 tasi koʻkrak, 5 tasi bel, 5 tasi dumgʻaza va 4—5 tasi dum umurtqasidir. Dumgʻaza va dum umurtqalari keyinchalik (kishi 17—25 yoshga yetganda) oʻzaro birlashib, bitta suyakni hosil qiladi. Umurtqa ravoqlarining birlashishidan vujudga kelgan kanalda orqa miya, umurtqa atrofida esa muskullar joylashgan. Umurtqalarning oʻzaro qoʻshilishidan umurtqa pogʻonasi tashkil topadi.

Umurtqa suyagi

Manbalar

tahrir