Umurtqalarning siljishi — spondilolistez deb ham ataladi. Umurtqaning tizimli amortizatsiya xususiyatlari tufayli katta miqdordagi yuklarni umurtqa pogʻonalariga oʻtkazib turishga imkon beradi. Ammo umurtqaning bir birga nisbatan joylashishi oʻzgarishi umurtqalar siljishi deb ataladi[1].

Umurtqa siljishi

spondilolistez
KXK-10 M43.1
KXK-9 xxx

Sabablari

tahrir

Predispozitsiya qiluvchi omillar:

    • Degenerativ (soxta spondilolistez) — artrit yoki osteoxondroz fonida rivojlanadi. Koʻpincha bu bel umurtqalariga taʼsir qiladi.
    • Istimik — umurtqaning boʻgʻimlararo boʻlagi yetishmovchiligi fonida rivojlanadi va jismoniy haddan tashqari kuchlanish tufayli paydo boʻladi. Umurtqaning boʻgʻimlararo qismining yetishmovchiligi tugʻma yoki orttirilgan boʻlishi mumkin.
    • Displastik — umurtqa pogʻonalarining tugʻma nuqson natijasida paydo boʻladi.
    • Travmatik — umurtqa shikastlanish yoki ogʻirlikni notoʻgʻri taqsimlash bilan doimiy ravishda ortiqcha yuk koʻtarish sababli.
    • Patologik — suyak oʻsmalari, osteoporoz fonida shikastlanishi va deformatsiyasi tufayli
    • Operatsiyadan keyingi — umurtqa pogʻonasidagi operatsiyadan keyin.

Umurtqalarning siljishi turlari va darajalari

tahrir
  • Umurtqalar listezi yoki spondilolistezi — bu patologiyaning bir turi boʻlib, bunda umurtqalardan biri boshqasiga nisbatan siljiydi. Siljish gorizontal tekislikda istalgan yoʻnalishda boʻlishi mumkin. Umurtqalarning spondilolistez bilan siljish turlari:
    1. Antespondilolistez — oldinga siljish (organlarga yaqinroq)
    2. Retrospondilolistez — umurtqaning orqaga siljishi (orqa tomonga)
    3. Laterospondilolistez — umurtqaning oʻngga yoki chapga siljishi. Umurtqa pogʻonasining deformatsiya darajasi, boshqa umurtqa pogʻonasiga nisbatan joylashgan holatiga va uning deformatsiyaning ogʻirligiga qarab belgilanadi. Agar tana holatining oʻzgarishi bilan deformatsiya kuchaysa, bu beqaror listez deb ataladi. Agar harakat paytida umurtqa pogʻonasi shaklida oʻzgarishlar boʻlmasa, u barqarordir. Umurtqalarning siljishi 4 darajaga ajratiladi I daraja — umurtqaning 25% gacha siljishi II daraja — siljish 26-50% III daraja — 51 dan 75% gacha IV daraja — butun sirt boʻylab siljish yoki butun umurtqali tananing siljishi (spondiloptoz) Spondiloptoz deb koʻpincha V darajali spondilolistez ham aytiladi.

Klinik koʻrinishi

tahrir

Orqa miya patologiyasi boʻlgan barcha bemorlarda umumiy simptomlar mavjud. Spondilolistez holatida asosiy alomat — yalligʻlangan hududdagi ogʻriqlar boʻlib, ular jismoniy kuch bilan yoki uzoq muddat bir holatda qolish bilan ogʻriq xarakteri kuchayadi yoki oʻzgaradi. Bel tarafdagi harakat cheklangan boʻladi va umurtqa pogʻonasini toʻgʻri ushlab turish uchun harakat qilish kerak boʻladi.

Listezning lokalizatsiyasiga qarab, boshqa kasalliklarga notoʻgʻri tashxis qoʻyilgan oʻziga xos alomatlar rivojlanishi mumkin:

Boʻyin sohasi: Alomatlari — nevrozlar, uyqusizlik, gipertoniya, o’rta otit, laringit, tonzillit, qalqonsimon bez kasalliklari, yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir respiratorli infeksiyalari, bursitlar xos.

Koʻkrak sohasi:

Alomatlari — astma, yurak muammolari, oʻt pufagi va jigar kasalliklari, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak kasalliklari, buyrak va buyrak usti bezlari kasalliklariga oʻxshash boʻlishi mumkin.

Bel-dumgʻaza sohasi:

Tos aʼzolarining kasalliklari, yoʻgʻon ichak bilan bogʻliq muammolar, appenditsit, jinsiy zaiflik, oyoqlarda paresteziya, oyoq mushaklaridagi ogʻriqlar[2].

Diagnostika

tahrir

Tashxis qoʻyish uchun har doim bemorning shikoyatlari toʻplangan anamnez va ortopedik travmatolog va vertebronevrologning xulosasi kerak boʻladi. Bemor quyidagi diagnostika oʻtkazilishi kerak:

Davolash

tahrir

Konservativ

tahrir

Spondilolistezni konservativ davolashning asosiy vazifasi vazn yoʻqotish va maxsus mashqlar yordamida mushak toʻqimasini mustahkamlashdir. Listozni davolashda asosiy maqsad simptomlarni yoʻq qilish va hayot sifatini yaxshilashdir. Maqsadga erishish uchun konservativ va jarrohlik davolash usullari qoʻllanadi.

Konservativ davolash usullari orasida umurtqa pogʻonasini mustahkamlash, dori-darmonlarni qabul qilish (steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilar, miorelaksantlar, anksiolitiklar), oʻta ogʻir hollarda analgetiklar qoʻllanadi.

Jarrohlik

tahrir

Jarrohlik davolash faqat bemor tomonidan patologiyani eʼtiborsiz qoldirgan hollarda qoʻllanadi yoki oldingi konservativ davo natija bermaganda qoʻllanadi.

Manbalar

tahrir