Unlilar daraxti (fransuzcha: Arbre des voyelles — Parijdagi Tuileri bogʻida ochiq havoda joylashgan italiyalik haykaltarosh Juzeppe Penone tomonidan yasalgan bronza haykal.

Juzeppe Penone Arte Povera badiiy harakatiga yaqin. U oʻz asarida tabiiylik va sunʼiylikni taqqoslaydi, shuningdek, tirik tabiatda sodir boʻladigan jarayonlar — tugʻilish, oʻsish, metamorfoz, tanazzul va oʻlimni tasvirlaydi.

Penone ijodida har doim daraxtlar alohida oʻrin tutgan. 1999-yilda u Fransiya Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan ildizi uzilib qulagan daraxt tasvirlangan haykal yasadi[1]. Model sifatida Penone oʻttiz metrli eman daraxtidan foydalangan, keyin uni bronza bilan qoplagan, shuning uchun haykal juda real koʻrinadi. U Tuileri bogʻining janubiy qismida joylashgan boʻlib, turli oʻsimliklar bilan oʻralgan va shunday qilib inson qoʻli atrof-muhitning bosqichma-bosqich evolyutsiyasida ishtirok etadi.

Daraxtning ildizlari A E I O U unlilarini eslatadi. Koʻpchilik fransuzlar buni Artur Rimbaudning mashhur „Unlilar“ soneti bilan bogʻlashadi, ammo Penonening oʻzi u baʼzi ekspertlarning fikriga koʻra, daraxtlarning nomlarini oʻz ichiga olgan faraziy Druid alifbosidan ilhomlanganligini daʼvo qiladi[2]. Xususan, bu alifbo Robert Greyvs tomonidan oʻzining „Oq maʼbuda“[3] kitobida batafsil tasvirlangan.

Beshta ildizdan tashqari, daraxtning beshta uzun shoxi ham bor. Shoxlari yerga tegadigan joylarda turli xil eman turlarini ifodalovchi beshta daraxt ekilgan[4]. „Oʻlik“ daraxt, ramziy maʼnoda, tabiatda boʻlgani kabi, „tirik“ ka hayot beradi.

Manbalar

tahrir
  1. „La sculpture contemporaine au jardin des Tuileries. Inauguration par Catherine Tasca et Michel Duffour“ (fr). Ministère de la Culture et de la Communication (2000). Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  2. Sabourdin.
  3. Elizabeth Legros Chapuis. Dans la forêt des livres: Essai. BoD - Books on Demand, 2016 — 113—114-bet. ISBN 978-2-322-02242-7. 
  4. „L'Arbre des voyelles (Giuseppe Penone)“ (fr). Public Art Museum. 2017-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir