UpsalaShvetsiyaning markaziy qismidagi shahar, Upsala lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 189,5 ming kishi (2001). Mashinasozlik, poligrafiya farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda eng qadimgi—Universitet (1477), mashhur tabiatshunos. K. Linney muzeyi bor. Shaharga 12-asrda Estra Aros nomi bilan asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Skandinaviyada eng katta gotika sobori (13—15-asrlar) saqlangan.[1]

Manba tahrir

  1. Oʼzbekiston miliy ensiklopediyasi(2000-2005)