Urchitish (chorvachilikda) — chorva hayvonlarini genetik takomillashtirish jarayonlarini boshqarish, mavjud hayvon zotlari, tiplari, liniyalarini yaxshilash va yangilarini chiqarish toʻgʻrisidagi fan; chorvachilikda seleksiyanayelchilik ishlarining nazariy asosi (qarang Zootexniya, Zot). URCHUQ, duk — tolalardan qoʻlda yoki mashinada ip yigirish va pishitish uchun muljallangan moslama yoki qurilma; yigirishpishitish mashinalarining asosiy ish organi. Sharq mamlakatlarida qoʻl U. qadimdan qoʻllangan, mashina U.lari 18-asr 2yarmida paydo boʻlgan (qarang Yigirish). Qoʻl U. yogʻochdan uzunchoq, oval shaklida yasalgan moslama boʻlib, ip yigiruvchi uni qoʻlda aylantirib turgan. Shunda tolalar (paxta, jun va boshqalar) birbiriga ilashib, choʻzilib va buralib ingichka ipga aylangan. Mashina U.lari patron, shpul va gʻaltak kiydirib qoʻyiladigan murakkab geometrik shaklli poʻlat shpindel. Kalava ip, pilta va iplarni pishitish (burash) hamda maʼlum oʻlcham va shaklda oʻramlar hosil qilishga muljallangan yigirish va pishitish mashinalarida qoʻllanadi. U.ning tabiiy tolalar (paxta, jun, zigʻir va boshqalar) va kimyoviy tolalar uchun muljallangan turlari bor.

Koʻpchilik U.lar egiluvchan (tasmali) uzatma, baʼzilari vintli gʻildiraklar bilan harakatlantiriladi. Kimyoviy tolalarni yigirish uchun muljallangan U.lar elektr dvigatel bilan aylantiriladi. Gilam toʻqish, arqon eshish uchun yaraydigan yoʻgʻon iplar tayyorlashda kush buramli U.lar qoʻllanadi.