Zot
Zot (chorvachilikda) — kelib chiqishi (ajdodi) maʼlum, biologik va foydali xususiyatlari bir xil oʻxshashlikda hamda avlodlariga oʻz belgilarini toʻliq oʻtkaza oladigan, muayyan tabiiy-iklim sharoitida yaratilgan hayvonlar guruhi. 3. faqat inson mexnati — izchil olib boriladigan naslchilik ishlari bilan yaratiladi va Z.ning tako-millashib borishida sunʼiy tanlash, turli tabiiy-iklim sharoitlari, chor-va mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlar, ijtimoiy-iqtisodiy omillar muhim oʻrinda turadi. Z.lar yaratilish uslubiga qarab ibtidoiy (dastlabki), yaʼni jaydari (mahalliy), oraliq (oʻtkinchi) va madaniy (zavod) Z.lariga boʻlinadi. Ibtidoiy Z.lar eng qad. hisoblanadi. Tarqalish hududining cheklanligi, tabiiy yashash sharoitiga yaxshi moslashganligi, jussasining kichikligi, fi-ziologik kech yetiluvchanligi, mahsul-dorligining yuqori boʻlmasligi bu Z.larga xos xususiyatdir. Oraliq Z.lar mahalliy va zavod (madaniy) Z.lar oraligʻidagi hayvonlar guruhi boʻlib, ular oʻzining foydali xoʻjalik va muhim belgilarini muqim saqlab qola olmagan va jamiyatda tovar ayir-boshlash davri rivojlanishi bilan mahsuldorlik koʻrsatkichlariga qoʻyilgan yuqori talablarga javob bera olmagan. Zavod Z.lari intensiv usulda xoʻjalik yuritish, hayvonlarni yaxshi as-rab, parvarishlash natijasida vujudga keltirilgan, ularga mansub hayvonlar yirik, tez yetiluvchan, sermahsul va muayyan maqsadlarda foydalanila-di (mas, qoramolchilikda goʻsht, sut yoʻnalishidagi, yilqichilikda salt miniladigan, ogʻir yuk tortadigan Z.lar).
Hoz. davrda jahonda qishloq xoʻjaligi hayvonlarining 3800 dan ortiq Z.lari, shu jum-ladan, qoramollarning 400 dan ortiq, qoʻylarning 250 ga, otlarning 150 ga yaqin, asalarining 400 dan koʻp va parrandalarning yuzlab Z.lari maʼlum.
Oʻzbekistonning tabiiy iklim sharoitida xalq seleksiyasi yoʻli bilan qoramolning mahalliy zebusimon, qoʻylarning qorakoʻl, jaydari, otlarning qorabayir, parranda va asalarining mahalliy Z.lari yaratilgan boʻlsa, seleksioner olimlar va chorvadorlarning koʻp yillik izlanishlari natijasida Sirdaryo viloyatida qoramolning bushuyev zoti, Namangan viloyatida echkining mayin jun beruvchi Z.i va tovuklarning kulangi (urishqoq da-kang) Z.i, ipak qurtining sermahsul Z.lari yaratildi.
Q.x. hayvonlari nusxalarini 3. deb tasdiqlash uchun maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha shakllantirilgan hayvonlar guruhi son va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha 3. andozasi hamda tasdiqlanayotgan hayvonlar seleksiya yutugʻining yangilikligi, farqlanish, oʻxshashlik va barqarorlik mezonlariga mos kelishi kerak.
Har bir 3. tarkibida sifat tomonidan oʻzaro farqlanadigan turli guruhlari va xillari boʻladi. 3. ichida oʻzaro farqlanadigan guruhlarning boʻlishi Z.ning biologik xususiyatlari, nayel va mahsuldorlik sifatlarini takomil-lashtirishda katta imkoniyat yaratadi. 3. ning tarkibiy tuzilishini belgi-lovchi xususiyatlaridan biri, mas, qoramolchilikda buqalar tizimi va sigirlar oilasidir. Ular geneologik tizimlarga, yaʼni qarindoshlik guruhlarga ajratiladi. Birgina qorakoʻl 3. qoʻylarining ichida oʻnlab xillari va yuzlab tizimlari mavjud.
Mamlakatimiz chorvachiligida qoramollarning bushuyev, qora-ola, qizil choʻl, shvits, santa gertruda, qozoqi oqbosh, aberdin angus Z.lari, qoʻylarning qorakoʻl, hisori, jaydari, Oʻzbe-kiston goʻsht va yarim dagʻal jun beruvchi, otlarning mahalliy va qorabayir Z.lari, tuyalarning qozoqi, choʻchqalarning yirik oq choʻchqa 3., parrandalarning oʻnlab Z.lari va asalarining ma-halliy, karpat, italyan va b. Z.lari urchitilmoqda, olimlar tomonidan yangi 3. xillari va Z.larni takomillashtirish borasida ilmiy ishlar olib borilmoqsa.
Adabiyot
tahrir- Amirov A. Q., Popova V. M., Avizov A. G. Abdurashitov A. A. , Chorvachilik, T., 1980; Nosirov U. N., Qoramolchilik, T., 2001.
Izatulla Eshmatov.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |