Urganjixona — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Urganchdan koʻchib kelgan aholining istiqomat joyi. Urganchlik aholi bir qismining Buxoro vohasiga koʻchib oʻtishi ikki bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchisi, Muhammad Xorazmshohning Malik Sanjar qoʻzgʻolonini bostirish uchun 1206-yil Buxoroga yurishi davrida kelib qolgan urganchlik aholi[1].Ikkinchi bosqich, XVII asrda Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon va Anushaxon hujumlari davrida vohada oʻrinlashgan urganchliklar.[2].

Manbalar

tahrir
  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.