Urgut markaziy jome masjidi

Urgut tumanida joylashgan jome masjidi

Urgut markaziy jome masjidi — Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha mahallasida 2011-2020-yillar davomida qurib bitkazilgan jome masjidi. Masjid Urgut-Qoratepa avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. 2021-yil 13-mart kunidan boshlab foydalanishga topshirilidi.[1]

Masjid
Urgut markaziy jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Urgut tumani
Manzil Urgut-Qoratepa avtomobil yo'li
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 20112021
Soʻngi imom Shodi Haqberdiyev
Umumiy maydoni 1,06 gektar
Oʻlchami 55x45
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 36 metr
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 2x40 metr, 2x43 metr
Qurilish materiali Marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Masjid umumiy 1.06 gektar maydonda bunyod etilgan. U ikki qavatdan iborat boʻlib, qariyb 10 mingga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Masjid xonaqohi 55x45 metr oʻlchamda qurilgan boʻlib, xonaqohning ikki chetida 18x45 metr oʻlchamda ayvon tushirilgan. Masjid xonaqohi oʻrtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid chetida joylashgan toʻrtta minoraning old tarafdagi ikkitasi 43 metrdan, orqa tarafdagi ikkitasi 40 metrdan qilib qurilgan. Masjid binosining ichi anʼanaviy naqshlar bilan bezatilgan.

Urgut markaziy jome masjidi

Masjidda zamonaviy tahoratxona va masjid xodimlari uchun ikki qavatli maʼmuriy bino qurilgan. Bugungi kunda Urgut markaziy jome masjidi Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.[2][3][4][5]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir