Urgut sadosi
Urgut sadosi – Xalq deputatlari Urgut tuman kengashi va tuman hokimligi gazetasi[1][2].
Urgut sadosi | |
---|---|
Formati | A2 |
Kimga tegishli | Xalq deputatlari Urgut tuman kengashi va tuman hokimligi |
Bosh muharrir | Majid Raxmonov |
Tili | o'zbek |
Bosh ofisi | Urgut shahri Temirchilar koʻchasi, 4-uy |
Adadi | 2 182 nusxa (2019-yil) |
Vebsayt | https://urgut.uz/ |
Gazeta 1935-yilda „Urgut haqiqati“ nomi bilan ikki sahifada A-3 formatda nashr etilgan. U Urgutda ochilgan bosmaxonada qoʻl kuchi bilan aylantiriladigan stanokda chop etilgan. Uning birinchi muharriri Yorbobo Xolmuhammedov boʻlgan. Keyinchalik Nazar Qoʻziboyev, Ergash Gʻulomov, Ahror Mansurov, Ahtam Toʻraqulovlar muharrirlik qilgan. Tahririyatda urgutlik Boʻri Qurbonov, Sadriddin Narzullayev, Malla Mamadaminov kabi jurnalistlar faoliyat yuritgan.
Gazeta 1966-yilning 1-yanvaridan boshlab „Oktyabr alangasi“ nomi bilan A-3 formatda toʻrt sahifada nashr etila boshlandi. Bu davrda unga jurnalist Ergash Gʻulomov muharrirlik qilgan. 1970-yildan muharrirlik ishini Ahtam Toʻraqulov davom ettirgan. Bu vaqtda tahririyatda Narzulla Fayziyev, Asad Dilmurodov, Rahmon Joʻrayev, Fayzi Haydarov, Yorqin Yoʻldoshev, Nizom Ibrohimov, Farhod Ahmedov, Iskandar Boymurodov va boshqa jurnalistlar ishlagan[3]. 1985-yilda gazetaning 50 yillik yubileyi nishonlandi. Gazeta 1992-yildan boshlab „Urgut sadosi“ nomi ostida chiqarilmoqda. 1987-yildan buyon gazeta bosh muharriri - Fayzi Haydarov. Yetmishinchi yillarda muharririyat qoshida ishchi-dehqon muxbirlari universiteti, „Chashmalar“ adabiyot toʻgaragi ochilgan. Gazeta 1998-yildan beri muharriyatda tayyorlanib, Samarqand bosmaxonasida ofset usulida haftada 1 marta, oyiga 4-5 marta nashr qilinmoqda. 2015-yildan boshlab gazetani A-2 formatda chop etish yoʻlga qoʻyildi. Muassis: Xalq deputatlari Urgut tuman kengashi va tuman hokimligi. Gazeta oyida toʻrt marta chop etiladi. Gazetaning bosh offisi Urgut shahri, Temirchilar koʻchasi, 4-uyda joylashgan. 2023-yil yanvar oyida Urgut sadosi gazetasi 2182 nusxada chop etilishi eʼlon qilindi[4]. Gazeta 2018-yilda 7000 nusxada chop etilgan edi. Hozirgi paytda gazetaning bosh muharriri — Arslonbek Ziyodov[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ „“Ургут садоси” газетаси ҳақида қисқача МАЪЛУМОТ“. 2023-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Бу йил Самарқанд вилоят, туман, шаҳар газеталари неча нусхада чоп этилади?“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
- ↑ „"Urgut sadosi" gazetasiga muharrir tayinlandi“. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.