Uyatchangul (uyatchan mimoza) – dukkakdoshlar oilasiga mansub, kichkina, chiroyli buta. Lotincha nomi Mimosa pudica. Uyatchangul mimoza turkumiga kiradi. Asosan tropik mamlakatlarda o‘sadi. Markaziy Osiyoda urug‘idan ekib ko‘paytiriladi. Bargiga tashqi kuch ta’sir qilgan vaqtda barglari so‘lib, yumilib qolgani sabab uyatchangul deb nom berilgan.



Adabiyotlar tahrir

A.Qosimov, M.Nabiyev. “Botanikadan qisqacha izohli lug‘at”