Burchoqdoshlar(dukkakdoshlar, Fabaceae, Leguminosae) — ikki urugʻ pallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan burchoqdoshlarni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ra ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketmaket joylashgan, odatda, yon bargli va murakka burchoqdoshlar Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak.

Arapatiella psilophylla

Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi.

Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi.

Kup burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumak va burchoqdoshlar) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil