Akatsiya — burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar: 1) chin A. (Acacia) — mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor. Koʻproq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orol ida tarqalgan. Keyingi vaqtda A.ning baʼzi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin A. mayda patsimon bargli, toʻpgullari erta bahorda ochiladigan boʻlgani uchun xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston A.laridan aqoqiyo, koʻpchilik chin A.turlarining poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi; baʼzi chin A.turlarining mevasi va yogʻochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yogʻochi mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi; 2) oq A. yoki soxta A. (Robinia pseudoacacia) — kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (qarang Ots akasiya); 3) sariq A. (Caragana arborescens) — buta tarzida oʻsadi (qarang Qaragʻay).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Akatsiya" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil