Uyga yoʻl (Back to the Outback) 2021-yilda katta ekranlarga chiqarilgan sarguzasht va komedik janrlardagi kompyuter-animatsion filmdir. Rejissor — Clare Knight va Harry Cripps[1]. Filmda bosh qahramonlarga Isla Fisher, Tim Minchin, Eric Bana, Guy Pearce, Miranda Tapsell, Angus Imrie, Keith Urban va Jacki Weaver ovoz bergan. Weed Road Pictures, Reel FX Creative Studios, Netflix Animation studiyalari tomonidan ishlangan va Netflix tomonidan tarqatilgan.

Uyga yoʻl
(Back to the Outback)
Rejissyor(lar)
  • Clare Knight
  • Harry Cripps
Prodyuser(lar)
  • Daniela Mazzucato
Ssenariynavis(lar) Harry Cripps
Hikoya
  • Gregory Lessans
  • Harry Cripps
Rollarda
Bastakor(lar) Rupert Gregson-Williams
Muharrir(lar) Marcus Taylor
Studiya(lar)
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi
  • 10-dekabr, 2021-yil(2021-12-10)
Davomiyligi 95 daqiqa
Mamlakatlar
Til inglizcha

Film 2021-yil 3-dekabrda kinoteatrlarga chiqarildi. Kinotanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan xush qarshilandi.

Mazmuni tahrir

Sidney shahrida joylashgan Tarongo hayvonot bogʻida jonivorlarni parvarish qilish boʻyicha ishchi Chaz Hunt dahshatli hayvonlarni ommaga namoyish etuvchi tomosha sohibi edi. Maddie ismli zaharli makkoya taypani ushbu tomoshada muntazam ommaga namoyish etilardi, biroq omma uni xush qarshilamadi. Maddieni gʻamxoʻr timsoh — Jack qoʻllaydi. Jack yana Maddie va uch yaqin doʻsti — Frank ismli oʻrgimchak, Zoe ismli molox va Nigel ismli chayonga Outbek haqida hikoya qilib beradi. Kunlarning birida, Jackie hayvonot bogʻidan olib ketiladi. Gʻamga botgan Maddie doʻstlari bilan birga hayvonot bogʻidan qochib, Outbackga borishga ahd qiladi. Hayvonot bogʻidan qochish chogʻida, Yoqimtoy ismli koala ularni koʻrib qolib, hayvonot bogʻi qoʻriqchisiga xabar berishga urinadi, biroq Nigel uni falaj qilib qoʻyadi. Shunday qilib, ular Yoqimtoyni ham oʻzlari bilan olib ketishga qaror qilishadi.

Sidney gavanini kesib oʻtish paytida jamoa Jacinta ismli yirik oq akula bilan uchrashib qolishadi. Bu akula "Jirkanchlar Sirli Tashkiloti" (JST) aʼzosi boʻlib, ularga tashkilot haqida soʻzlab beradi. Jamoa Circular Quay gavaniga yetib kelgach, Yoqimtoy insonlar eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi boʻladi, ammo odamlar uni allaqachon oʻlgan, deb hisoblaydi va uning oʻrnini kvokka egallab olgan edi. Bu hodisalardan soʻng, Yoqimtoyning jamoa bilan birga borishdan boshqa yoʻli qolmaydi.

Jamoa Moviy togʻlar mintaqasiga olib boradigan avtobusga minib oladi. Chaz va Chazzie ularga yetib olib, ularni avtobus ichidan izlashga tushadi. Biroq, hayvonlarni bir qiz qochishiga imkon beradi. Ammo, biroz oʻtib, Chaz ularni qoʻlga ushlaydi. Shu paytda, Yoqimtoy JST maxfiy soʻzini aytadi va shu mahal xaltali iblislar toʻdasi yordamga keladi. Hayvonlar qoshishga muvaffaq boʻlishadi. Ularni qoʻldan chiqargan Chaz oʻgʻli Chazziega unga soʻzlab bergan sarguzashtlari haqidagi hikoyalarning barchasi uydirma ekanligini hamda avstraliyalik zukiperlar haqidagi telekoʻrsatuvdan ilhomlanib, Floridadan Avstraliyaga koʻchib oʻtganligi toʻgʻrisidagi haqiqatni soʻzlab beradi.

Ovoz berganlar tahrir

Manba:[2][3]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir