Uyni avtomatlashtirish
Uyni avtomatlashtirish yoki domotiklar [1] – uy uchun moʻljallangan avtomatlashtirish tizimi. Uyni avtomatlashtirish tizimi chiroqlar, havo harorati, koʻngilochar tizimlar va jihozlar kabi uy atributlarini kuzatib boradi va/yoki nazorat qiladi. Ulardan tashqari kirishni boshqarish va signalizatsiya tizimlari kabi uy xavfsizligini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Aqlli uy iborasi internetga kirish imkoniga ega boʻlgan uyni avtomatlashtirish qurilmalarini nazarda tutadi. Uyni avtomatlashtirish faqat internetga kirish imkoniga ega boʻlganlarni emas, balki simsiz radio signallari orqali kuzatilishi yoki boshqarilishi mumkin boʻlgan har qanday qurilmani oʻz ichiga oladi. Internetga ulanganda uy sensorlari va faollashtirish moslamalari buyumlar internetining („IoT“) muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Uyni avtomatlashtirish tizimi odatda kerakli qurilmalarni aqlli uy markaziga (baʼzan „shlyuz“ deb ataladi) ulaydi. Tizimni boshqarish uchun foydalanuvchi interfeysi devorga oʻrnatiladigan terminallar, planshet yoki stol kompyuterlari, mobil telefon ilovasi yoki Internet orqali uzoqdan foydalanish imkonini beruvchi veb-interfeysdan foydalanadi.
Tarixi
tahrirUyni avtomatlashtirishning ilk bosqichlari inson mehnatini yengillashtiradigan mashinalardan boshlangan. 1900-yillarda elektr energiyasini taqsimlash orqali[2] elektr yoki gaz bilan mustaqil ishlaydigan maishiy texnikalar paydo boʻldi. Kir yuvish mashinalari (1904), suv isitgichlari (1889), Muzlatgichlar (1913), tikuv mashinalari, idish yuvish mashinalari va kiyim quritgichlar kabi inson mehnatini yengillashtiradigan qurilmalar dunyo yuzini koʻrdi.
1975-yilda birinchi umumiy maqsadga ega uyni avtomatlashtirish tarmogʻi texnologiyasi X10 ishlab chiqildi. Bu texnologiya elektron qurilmalar uchun aloqa protokoli hisoblanadi. Asosan signallash va boshqarish uchun elektr tokini uzatish simlaridan foydalanadi.
2012-yilga kelib, ABI Research tadqiqotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 1,5 million uyni avtomatlashtirish tizimi oʻrnatildi[3]. Statista tadqiqotiga koʻra[4], 2018-yil oxirigacha AQSh uylarida 45 milliondan ortiq aqlli uy qurilmalari oʻrnatildi[5].
„Domotik“ soʻzi lotincha uy (domus) va robototexnika soʻzlarining qisqartmalaridan olingan[1]. „Aqlli uy“dagi „aqlli“ soʻzi tizimning oʻz qurilmalari holatidan xabardor boʻlishini anglatadi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) protokoli va buyumlar interneti (IoT) orqali amalga oshiriladi[6].
Ilovalar va texnologiyalar
tahrirUyni avtomatlashtirish turli sohalarda keng tarqalgan, jumladan:
- Isitish, shamollatish va sovutish (HVAC): oddiy va qulay foydalanuvchi interfeysini oʻz ichiga olgan Internet orqali barcha uy energiya monitorlarini masofadan boshqarishi mumkin[7] [8].
- Chiroqlarni boshqarish tizimi: bir yoki bir nechta markaziy hisoblash qurilmalaridan foydalangan holda turli xil yoritish tizimining kirish va chiqishlari oʻrtasidagi aloqani oʻz ichiga olgan „aqlli“ tarmoq.
- Uy egasi borligini aniqlovchi boshqaruv tizimi: aqlli hisoblagichlar[9] va CO2 kabi datchiklari ekologik sensorlar[10] yordamida uyda kim borligini aniqlash va avtomatik energiya tejash yoki qulaylikni oshirish uchun javoblarni faollashtirish mumkin.
- Qurilmani boshqarish va aqlli tarmoq hamda aqlli hisoblagich bilan integratsiya, masalan, kir yuvish mashinalarini ishlatish uchun kunning oʻrtasida quyosh panelinidan foydalanish[11] [12].
- Uy robotlari va xavfsizlik: uyni avtomatlashtirish tizimi bilan birlashtirilgan maishiy xavfsizlik tizimi Internet orqali xavfsizlik kameralarini masofadan kuzatish yoki kirishni boshqarish, barcha eshik va derazalarni markaziy qulflash kabi qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etishi mumkin[13].
- Kir yuvish mashinasi, oʻzini oʻzi yotqizuvchi krovat
- Ichki joylashuv tizimlari (IPS).
- Qariyalar va nogironlar uchun uyni avtomatlashtirish.
- Uy hayvonlari va chaqaloqlarni parvarish qilish, ularning harakatlariga ruxsatlarni boshqarish[14].
- Havo sifatini nazorat qilish (ichki va tashqi). Masalan, Air Quality Egg uydagi odamlar tomonidan shahardagi havo sifati va ifloslanish darajasini kuzatish va ifloslanish xaritasini yaratish uchun ishlatiladi[15].
- Aqlli oshxona, muzlatgich inventarizatsiyasi, tayyor pishirish dasturlari, pishirishni kuzatish va boshqalar.
- Amazon Alexa yoki Google Nest kabi ovozli boshqaruv qurilmalari maishiy texnika yoki tizimlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Amalga oshirish
tahrir2011-yilda Microsoft Research kompaniyasi uyni avtomatlashtirishga egalik qilishning xarajati yuqori boʻlishi, oʻzaro bogʻlangan qurilmalarning moslashuvchan emasligi va boshqaruvning yomonligini oʻz ichiga olishi mumkinligini aniqladi[16]. Uyni avtomatlashtirish tizimini loyihalashtirish va yaratishda muhandislar bir qancha omillarni hisobga oladi, jumladan, qurilmalarni qanchalik yaxshi nazorat qilish va boshqarish mumkinligi, isteʼmolchi uchun oʻrnatish va foydalanish qulayligi, arzonligi, tezligi, xavfsizligi va muammolarni tahlil qilish qobiliyati[17]. iControl izlanishlari shuni koʻrsatdiki, mijozlar texnik innovatsiyalardan koʻra foydalanish qulayligini birinchi oʻringa qoʻyishadi va mijozlar yangi ulangan qurilmalar ajoyib xususiyatlarga ega ekanligini tan olishsa ham, hali oʻz uylarida ulardan foydalanishga tayyor emas[18].
Tarixdan maʼlumku tizimlar toʻliq tizimlar sifatida sotilgan, yaʼni mijoz butun tizim uchun bitta sotuvchiga, shu jumladan apparat, aloqa protokoli, markaziy blok va foydalanuvchi interfeysiga ega. Hozirda xususiy apparat oʻrniga yoki ular bilan ishlatilishi mumkin boʻlgan ochiq apparat va ochiq kodli dasturiy taʼminot tizimlari mavjud[16]. Ushbu tizimlarning koʻpchiligi Arduino yoki Raspberry Pi kabi isteʼmolchi elektronikasi bilan interfeysga ega boʻlib, ularga onlayn va koʻpgina elektronika doʻkonlarida osongina kirish mumkin[19]. Bundan tashqari, uyni avtomatlashtirish qurilmalari Bluetooth orqali mobil telefonlar bilan tobora koʻproq interfeysga ega boʻlib, foydalanuvchi uchun narxni oshirish va moslashtirish imkonini beradi[6].
Tanqid va qarama-qarshiliklar
tahrirUy avtomatlashtirish platforma boʻlinishi va texnik standartlarning yoʻqligi bilan bogʻliq muammolarga duch keladi[20] [21] [22] [23] [24] [25]. Bu turli uy avtomatlashtirish qurilmalarining apparat va dasturiy taʼminot farqlari sababli bir xil ishlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni qiyinlashtiradi[26]. Mijozlar oʻzlarining buyumlar interneti kelajagini maxsus dasturiy yoki apparat protokollariga ishonib topshirishdan ikkilanadi, chunki bunday protokollar eskirishi yoki moslashuvchanlik va bir-biri bilan bogʻlanish imkoniyatlarini yoʻqotishi mumkin[27].
Uyni avtomatlashtirish qurilmalarining tabiati xavfsizlik, maʼlumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi uchun muammo boʻlishi mumkin, chunki asosiy operatsion tizimda topilgan xatolarga kiritilgan tuzatishlar eski va arzonroq qurilmalar foydalanuvchilariga yetib bormaydi[28] [29]. Bir nechta tadqiqotchilarning fikricha, sotuvchilar eski qurilmalarni tuzatishlar va yangilanishlar bilan qoʻllab-quvvatlamasligi faol qurilmalarning 87% dan koʻprogʻini himoyasiz qoldiradi[30] [31].
Ijara oluvchilar tomonidan uy egalarining avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilishi ham muammolarni keltirib chiqaradi[32]. Bu muammolar orasida zaif simsiz ulanishlar tufayli eshik yoki jihozlarning ishlamasligi, uy egasi tomonidan saqlanadigan eshik kodlarining xavfsizligi hamda aqlli uy texnologiyalari orqali shaxsiy hayotga boʻladigan tajovuzlar bor.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, foydalanuvchilar avtomatlashtirilgan qurilmalarni kundalik hayotiga integratsiya qilishda muammolarga duch keladi. Foydalanuvchilar murakkab tizimlardandan koʻra „ulab foydalan“ (plug and play) yechimlariga ustuvorlik berishadi[33]. Bir tadqiqotda qurilmalar aslida qanday ishlashini hisobga olgan holda foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan aqlli modellarda katta boʻshliqlar mavjudligi aniqlandi[33]. Xususan, natijalar aqlli qurilmalar tomonidan toʻplangan maʼlumotlar qayerda saqlanishi va qanday ishlatilishi bilan bogʻliq koʻplab notoʻgʻri tushunchalar mavjudligini koʻrsatdi[33]. Masalan, aqlli chiroqni oʻrnatishida, bir ishtirokchi oʻz iPadining yorugʻlikka toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi borligini, uni yoqish yoki oʻchirish kerakligini aytadi deb oʻylaydi[33]. Aslida, iPad kompaniya tomonidan ishlatiladigan bulut tizimiga (Hue Bridge) signal yuboradi, keyin u toʻgʻridan-toʻgʻri qurilmaga signal yuboradi[33].
Bu soha rivojlanishda davom etmoqda va qurilmalarning tabiati doimiy oʻzgarishda. Texnologlar xavfsizlik protokollarini yaxshilash ustida ishlayotgan boʻlsalar-da, isteʼmolchilar ham ushbu qurilmalar qanday ishlashini va ularni oʻz uylariga joriy qilish oqibatlarini yaxshiroq tushunishga muhtoj.
Taʼsiri
tahrirUyni avtomatlashtirish energiyani tejash va samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratadi[34]. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qayta tiklanuvchi energiya tizimlari, masalan, quyosh yoki shamol energiyasi bilan integratsiya qilish orqali uylar energiyani tejash yoki maʼlum qurilmalar uchun sarflash haqida oʻz-oʻzidan qaror qabul qilishi mumkin[34]. Tadqiqotchilar uy ichidagi mijozlar faoliyatiga oid sensorlar maʼlumotlaridan isteʼmolchilar ehtiyojlarini oldindan aniqlash va energiya isteʼmolini muvozanatlash uchun foydalanishni taklif qilishadi[35].
Uyni avtomatlashtirish oilaning xavfsizligi bilan bogʻliq katta imkoniyatlarga ega. 2015-yilda iControl tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, aqlli va internetga ulangan qurilmalarga boʻlgan talabning asosiy omillari avvalambor „shaxsiy va oilaviy xavfsizlik“, soʻng esa „energiya tejamkorligidir“[36]. Uyni avtomatlashtirish turli xil aqlli xavfsizlik tizimlari va kuzatuv sozlamalarini oʻz ichiga oladi. Bu mijozlarga uzoqda boʻlganlarida oʻz uylarini kuzatish va biron bir hodisa sodir boʻlgan taqdirda oila aʼzolariga ushbu maʼlumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Raqobatchi sotuvchilar koʻp boʻlsa-da, ochiq kodli tizimlarga nisbatan talab ortyapti. Lekin, uyni avtomatlashtirishning hozirgi holati bilan bogʻliq muammolar mavjud, masalan standartlashtirilgan xavfsizlik choralari yoʻqligi va eski qurilmalarning yangilanmasligi.
Uyni avtomatlashtirish shaxsiy xavfsizlik maqsadida oila aʼzolari yoki kerakli shaxslar oʻrtasida maʼlumotlarni almashish uchun yuqori imkoniyatga ega va kelajakda atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan energiya tejash usullarini koʻpaytirishi mumkin.
Galereya
tahrir-
Tuzilmagan panel
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hill, Jim. „The smart home: a glossary guide for the perplexed“ (en). T3 (2015-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-mart.
- ↑ Home Automation & Wiring, 1 (en), New York: McGraw-Hill/TAB Electronics, 1999-03-31. ISBN 978-0-07-024674-4.
- ↑ „1.5 Million Home Automation Systems Installed in the US This Year“. ABI Research (2012-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „Smart Home - United States | Statista Market Forecast“ (en). Statista. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
- ↑ Caccavale. „The Impact Of The Digital Revolution On The Smart Home Industry“ (en). Forbes (2018-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Mandula, K. „Mobile based home automation using Internet of Things(IoT)“, . 2015 International Conference on Control, Instrumentation, Communication and Computational Technologies (ICCICCT), December 2015 — 340–343-bet. DOI:10.1109/ICCICCT.2015.7475301. ISBN 978-1-4673-9825-1.
- ↑ Preville, Cherie. „Control Your Castle: The Latest in HVAC Home Automation“. ACHRNews (2013-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
- ↑ Asadullah, Muhammad. An Overview of Home Automation Systems. Conference Paper. IEEE (2016-yil 22-dekabr), s. 27–31.
- ↑ Jin, M.; Jia, R.; Spanos, C. (2017-01-01). "Virtual Occupancy Sensing: Using Smart Meters to Indicate Your Presence". IEEE Transactions on Mobile Computing PP (99): 3264–3277. doi:10.1109/TMC.2017.2684806. ISSN 1536-1233.
- ↑ Jin, M.; Bekiaris-Liberis, N.; Weekly, K.; Spanos, C. J.; Bayen, A. M. (2016-01-01). "Occupancy Detection via Environmental Sensing". IEEE Transactions on Automation Science and Engineering PP (99): 443–455. doi:10.1109/TASE.2016.2619720. ISSN 1545-5955.
- ↑ Berger, Lars T.. Smart Grid Applications, Communications, and Security, Devices, Circuits, and Systems. CRC Press, February 2014. ISBN 978-1-4665-5752-9.
- ↑ „Tips: Smart Appliances | Department of Energy“. energy.gov. 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-aprel.
- ↑ Griffiths. „Smart Home Security“. Homebuilding & Renovating (2016-yil iyun). Qaraldi: 2012-yil 27-fevral.
- ↑ „Sure Flap - Smart Cat Flap Coming Soon! - News - Smart Home Geeks“ (en-GB). Smart Home Geeks (2017-yil 6-aprel). Qaraldi: 2017-yil 11-avgust.
- ↑ Kamel Boulos, Maged N; Al-Shorbaji, Najeeb M (2014). "On the Internet of Things, smart cities and the WHO Healthy Cities". International Journal of Health Geographics 13 (1): 10. doi:10.1186/1476-072x-13-10. PMID 24669838. PMC 3987056. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3987056.
- ↑ 16,0 16,1 Brush, A. J.; Lee, Bongshin; Mahajan, Ratul; Agarwal, Sharad; Saroiu, Stefan; Dixon, Colin (2011-05-01). "Home Automation in the Wild: Challenges and Opportunities". Microsoft Research. https://www.microsoft.com/en-us/research/publication/home-automation-in-the-wild-challenges-and-opportunities/.
- ↑ Sriskanthan, N.; Tan, F.; Karande, A. (August 2002). "Bluetooth based home automation system" (en). Microprocessors and Microsystems 26 (6): 281–289. doi:10.1016/S0141-9331(02)00039-X. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S014193310200039X.
- ↑ „2015 State of the Smart Home Report“. iControl Networks. 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
- ↑ Rout, Kshirod Kumar „Design and Implementation of an Internet of Things based Prototype for Smart Home Automation System“, . 2018 International Conference on Recent Innovations in Electrical, Electronics & Communication Engineering (ICRIEECE). Bhubaneswar, India: IEEE, July 2018 — 67–72-bet. DOI:10.1109/ICRIEECE44171.2018.9008410. ISBN 978-1-5386-5995-3.
- ↑ „IoT experts fret over fragmentation“ (en-US). Mobile World Live (2016-yil 25-fevral). Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „Fragmentation is the enemy of the Internet of Things“. Qualcomm (2016-yil 19-fevral). Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „Internet of Things: Opportunities and challenges for semiconductor companies“. McKinsey & Company. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „IOT Brings Fragmentation in Platform“. 2016-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ „Countering Fragmentation with the Web of Things“.
- ↑ Steve Kovach. „Android Fragmentation Report“. Business Insider (2013-yil 30-iyul). Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
- ↑ Brown. „Who Needs the Internet of Things?“. Linux.com (2016-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „21 Open Source Projects for IoT“. Linux.com (2016-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ Franceschi-Bicchierai. „Goodbye, Android“. Motherboard. Vice (2015-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 2-avgust.
- ↑ Kingsley-Hughes. „The Android 'toxic hellstew' survival guide“. ZDnet (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2015-yil 2-avgust.
- ↑ Tung. „Android security a 'market for lemons' that leaves 87 percent vulnerable“. zdnet.com. ZDNet (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
- ↑ Thomas, Daniel R.. Proceedings of the 5th Annual ACM CCS Workshop on Security and Privacy in Smartphones and Mobile Devices - SPSM '15. Computer Laboratory, University of Cambridge, 2015 — 87–98-bet. DOI:10.1145/2808117.2808118. ISBN 978-1-4503-3819-6. Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
- ↑ Ng. „Your landlord turns your apartment into a smart home. Now what?“ (en). CNET (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
- ↑ 33,0 33,1 33,2 33,3 33,4 Kaaz, Kim J. „Understanding user perceptions of privacy, and configuration challenges in home automation“, . 2017 IEEE Symposium on Visual Languages and Human-Centric Computing (VL/HCC). Raleigh, NC: IEEE, October 2017 — 297–301-bet. DOI:10.1109/VLHCC.2017.8103482. ISBN 978-1-5386-0443-4.
- ↑ 34,0 34,1 Risteska Stojkoska, Biljana L.; Trivodaliev, Kire V. (January 2017). "A review of Internet of Things for smart home: Challenges and solutions" (en). Journal of Cleaner Production 140: 1454–1464. doi:10.1016/j.jclepro.2016.10.006. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S095965261631589X.
- ↑ Heierman, E.O. „Improving home automation by discovering regularly occurring device usage patterns“, . Third IEEE International Conference on Data Mining. Melbourne, FL, USA: IEEE Comput. Soc, 2003 — 537–540-bet. DOI:10.1109/ICDM.2003.1250971. ISBN 978-0-7695-1978-4.
- ↑ Kaaz, Kim J. „Understanding user perceptions of privacy, and configuration challenges in home automation“, . 2017 IEEE Symposium on Visual Languages and Human-Centric Computing (VL/HCC). Raleigh, NC: IEEE, October 2017 — 297–301-bet. DOI:10.1109/VLHCC.2017.8103482. ISBN 978-1-5386-0443-4.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Home automation mavzusiga oid fayllar bor