Uzbek Agzamovich Rustamov (1926-yil 11-sentyabr, Toshkent2011-yil 5-iyun, Toshkent) — sovet davlat arbobi.  

Biografiyasi

tahrir

O‘zbek Rustamov 1926-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida — xizmatchilar oilasida dunyoga keladi, 2011-yil 5-iyunda Toshkent shahrida vafot etadi. Maʼlumoti oliy, sharqshunos-tarixchi sanaladi. U 1945—1950-yillarda  Samarqand davlat universiteti (SamDU) Sharqshunoslik fakulteti talabasi bo‘ladi. So‘ng 1950—1953-yillarda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspiranti. Ilmiy darajasi – tarix fanlari nomzodi. Doktorlik dissertasiyasining mavzusi: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Shimoliy Hindistondagi Hinduqush knyazligi. Uchta monografiya va ellikdan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Tashqi munosabatlar bo‘yicha I darajali maslahatchi edi.

Mehnat faoliyati

tahrir
  • 1953—1956-yillarda — O‘zbekiston SSR FA Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim.
  • 1956—1959-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirining yordamchisi. 
  • 1959—1960-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligining Protokol va konsullik boshqarmasi boshlig‘i. 
  • 1960—1970-yillarda — O‘zbekiston SSR tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari. 
  • 1970—1980-yillarda — O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Axborot va tashqi aloqalar bo‘limi mudiri. 
  • 1980—1989-yillarda — SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston SSRdagi ishonchli vakili. 
  • 1990—1991-yillarda — Toshkentdagi KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Ilmiy ateizm instituti Respublikalararo bo‘limi katta ilmiy muharriri. 
  • 1991— 1993-yillarda — O‘zbekiston Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati boshqaruvi Prezidiumi raisining o‘rinbosari. 
  • 1993—1994-yillarda — Kramds-Dost korporasiyasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti 
  • 1994—2011-yillarda — O‘zbekiston Respublikasidagi Interconcyepts, Incorporated (AQSH) bosh vakili. 
  • 1989-yildan — davlat ittifoqi ahamiyatiga ega shaxsiy nafaqaxo‘r.  

Hukumat mukofotlari

tahrir
  • "Faxriy nishon" ordeni (1966)
  • "Faxriy nishon" ordeni (1971)
  • "Mehnat jasorati" medali V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan.
  • "1941-1945 yillardagi Ulug 'Vatan urushi g‘alabasining o‘ttiz yilligi” yubiley medali".
  • O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining (1965, 1974, 1976, 1984) faxriy yorliqlari  
  • "Mehnat faxriysi" medali (1989).

Saylov organlaridagi ishtiroki

tahrir
  • O‘zbekiston Kompartiyasi ikkinchi chaqirig‘i (1971— 1975, 1976— 1981) Taftish hay’ati a’zosi;
  • Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Kengashi ikkinchi chaqiriq (1971—1975, 1976—1981) deputati.